Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 48/26. Hamza az-Zayyotdan rivoyat qilinadi. Murra al-Hamdoniy Horisdan bir narsa eshitib, unga eshik oldida o‘ltirib tur, dedi. Murra uyiga kirib qilichini olganida, Horis yomonlikni sezib jo‘nab qoldi. 49/27. Ibn Avndan rivoyat qilinadi. «Ibrohim bizga: «Mug‘iyra ibn Sa’id va Abu Abdurahimlardan chetlaninglar. Chunki u ikkovi yolg‘onchilardir», dedilar». 50/28. Osim aytdilar: «Biz Abu Abdurahmon as-Sulamiyning huzurlariga yosh yigitlik paytimizda borar edik. U zot bizga: «Qissa aytuvchilar bilan birga o‘tirmanglar. Abu al- Ahvas u toifadan emas. Ammo Shaqiq (al-Kufiy)dan ehtiyot bo‘linglar», dedilar. Chunki Shaqiq xavorij toifasi fikrlarini ma’qullar edi. Lekin u mashhur tobe’in Abu Voil Shaqiq emas». 51/29. Abu G’asson Muhammad ibn Amrdan rivoyat qilinadi. Jarir: «Jobir ibn Yazid al- Ju’fiy bilan uchrashdim. Lekin bu kishidan hadis yozib olmadim. Chunki bu kishi raj’aga ishonar edi», dedilar. (Izoh: «Raj’a» rofiza toifasining «Ali roziyallohu anhu o‘lmagan, balki u bulutlar ustida», degan botil e’tiqodidir.) 52/30. Mis’ar aytdilar: «Jobir ibn Yazid bo‘lib o‘tgan hodisalar yuz berishidan oldin bizga hadis aytib berar edi». 53/31. Sufyon aytdilar: «Hodisalar yuz berishidan oldin insonlar Jobir ibn Yaziddan hadis olar edilar (ya’ni, u rivoyat qilgan hadisni eshitishar edi). Qachonki, zohir bo‘lgan narsalar (ya’ni, undagi ayblar zohir bo‘lgani)dan keyin odamlar uning hadisiga tuhmat qildilar va ba’zilar tark qilishdi. «Nima zohir bo‘ldi?» deb so‘ralganida, «U raj’aga ishonar edi», deyildi». 54/32. Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Men Abu Ja’fardan rivoyat qilingan yetmish ming hadis bor. U barchasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan», deb aytdilar. 55/33. Zuhayr Jobirdan quyidagilarni eshitdilar: «Menda ellik ming hadis bor. Men hali undan hech narsa gapirmadim», dedilar. Kunlarning birida hadisdan so‘zlab: «Bu o‘sha ellik mingta hadisdan biridir», dedilar. 56/34. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Menda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan ellik ming hadis bor», dedilar». 57/35. Humaydiy aytadilar: «Sufyonning aytishlaricha, bir kishi Jobir al-Ju’fiydan Allohning kalomidagi «Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening foydamga hukm qilmagunicha mana shu yerdan hargiz jilmayman. U zot hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir» (Yusuf, 80) oyati haqida so‘raganida, Jobir: «Uning ta’vili kelmagan», dedilar. Sufyon: «Jobir yolg‘on so‘zladi», dedilar. Biz Sufyondan: «Unday bo‘lsa, Jobir bu so‘zidan nimani iroda qilgan?» deb so‘rasak, Sufyon: «Rofiza toifasidagilar Ali roziyallohu anhuni bulut orasidadir, biz uning farzandlaridan biri bilan chiqsak, osmondan bir nido qilguvchi (Alini nazarda tutyapti) «Falonchi bilan birga chiqinglar», deb nido qilar edi», (deb e’tiqod qilishadi). Jobir al-Ju’fiy: «Oyatning ta’vili |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling