Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 o‘qib dafn qilganlar. Men Hakamga: «Zinodan tug‘ilgan bolalar haqida nima deysan?» deb aytgan edim, u: «Janoza o‘qiladi», deb aytdi. Men: «Kimdan rivoyat qilingan?» desam, u: «Hasan Basriydan», dedi. Vaholanki, bu hadisni Hasan ibn Umora Hakamdan, u esa Yahyo ibn Jazzordan, u esa Alidan rivoyat qilgan», dedilar». 74/52. Hasan Hulvoniy aytdilar: «Yazid ibn Horun: «Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlardan biror narsa rivoyat qilmayman», deb qasam ichdilar. Va (bir kuni) Ziyod ibn Maymunga yo‘liqib, bir hadisni so‘rasam, u: «Bakr al-Muzaniydan eshitganman», dedi. So‘ngra qaytib kelib so‘rasam, «Muvarriqdan eshiganman», dedi. Yana qaytib kelib so‘rasam, «Hasandan eshitganman», dedi. Yazid ibn Horun Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlarga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar». Hulvoniy: «Abdusamad huzurlarida Ziyod ibn Maymunni zikr qilsam, unga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar». 75/53. Mahmud ibn G’aylon aytdilar: «Men Abu Dovud at-Tayolisiyga: «Siz Abbod ibn Mansurdan ko‘p hadis rivoyat qildingiz. Nima uchun siz bu kishining Attora nomli ayol haqida gapirgan hadislarini eshitmaysiz? U hadis bizga Nazr ibn Shumayl orqali rivoyat qilingan», desam, u zot: « Jim bo‘l! Men Abdurahmon ibn Mahdiy bilan birga Ziyod ibn Maymun huzuriga borib: «Anasdan ana shu Attora nomli ayol haqidagi hadisni sen rivoyat qildingmi?» desak, u: «Qaramaysizlarmi, agar biror kishi gunoh sodir etib, (so‘ng) tavba qilsa, Alloh uning gunohini kechiradimi?» degan edi, biz: «Ha», dedik. Shunda u: «Men Anasdan bu haqda oz ham, ko‘p ham eshitmaganman. Agar odamlar bilmagan bo‘lsa, sizlar Anas bilan uchrashmaganimni bildinglar», dedi. Bizga yana u hadis rivoyat qilayotgani xabari keldi. Men va Abdurahmon uning huzuriga borsak, u: «Tavba qildim», derdi-da, yana hadis aytishda davom etar edi. Biz uni shu holatda tark qildik», dedilar». (Bundan Ziyod ibn Maymun qilgan rivoyatlar zaif ekani tushuniladi.) 76/54. Shaboba aytdilar: «Abdulquddus: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devorni tuynukcha qilib teshib, havo kirgizishdan man etganlar», deb aytar edi. (Ya’ni, bu hadis aslida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror jonli narsaga nishon otishdan man etganlar» ma’nosida edi. Abdulquddus esa arab matnidagi «ruh», ya’ni «jon» kalimasini «ravh», ya’ni «shamol», deb va «g‘araz», ya’ni «nishon» kalimasini «‘arz», ya’ni «tuynukcha», deya harflarni chalkash qilib aytardi.) Hammod ibn Zayd bir kishiga Mahdiy ibn Hilol o‘tirganidan keyin: «Siz tomoningizdan shu kabi zaif so‘zlar bu kunlarda tarqalgan-a?» deb aytsalar, u: «Ha, ey Abu Ismoil (ya’ni, Hammod ibn Zayd)», deb o‘zining hadisda zaifligiga iqror bo‘ldi». (Izoh: Bu rivoyatdan Abdulquddus va Mahdiy ibn Hilollar hadis rivoyat qilishda zaif ekanlari anglashiladi). 77/55. Abu Avona Vazzoh ibn Abdulloh aytdilar: «Menga Hasandan biror hadis kelsa, Abon ibn Abu Ayyosh huzuriga borar edim, u Hasandan rivoyat qilingan, deb menga hadis o‘qib berar edi». (Izoh: Bu rivoyatdan Abon ibn Abu Ayyoshning yolg‘onchiligi ayon bo‘lmoqda). 78/56. Ali ibn Mushir aytdilar: «Men va Hamza az-Zayyot Abon ibn Abu Ayyoshdan mingga yaqin hadis eshitdik. Keyin Hamza bilan uchrashib qolgan edim, u tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganini va Abondan eshitgan hadislarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling