Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganida, u zot undan juda ozini, ya’ni besh yoki oltitasinigina bilishlarini aytganlarining xabarini berdi». 79/57. Zakariyo ibn Adiydan rivoyat qilinadi. «Abu Ishoq al-Fazoriy menga: «Baqiyaning taniqli kishilardan rivoyat qilgan hadisini yozgin. Lekin taniqli bo‘lmaganlardan rivoyat qilgan hadisini yozmagin. Ammo Ismoil ibn Ayyoshning taniqli kishilardan ham, taniqli bo‘lmagan boshqa (kishi)lardan ham rivoyat qilgan hadislarini yozmagin», deb aytdilar». 80/58. Ibn Muborak: «Baqiya agar ismlarni kunya deb va kunyalarni ism deb yozmasa, muncha ham yaxshi», dedilar. (Baqiya, ismi ila mashhur bo‘lgan kishidan rivoyat qilsa, kunyasini aytar edi. Agar kunyasi ila mashhur kishilardan rivoyat qilsa, ismini aytar edi. Bu ham soxtalashtirishdir.) «U bizga bir umr Abu Said Vuhoziydan, deb hadis gapirar edi. Biz (sinchiklab) qarasak, Abu Said Vuhoziy yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lgan Abdulquddus ekan». 81/59. Abdurrazzoq aytdilar: «Ibn Muborakning Abdulquddusdan boshqa kishini ochiqchasiga yolg‘onchi, kazzob, deb aytganlarini ko‘rmaganman. Lekin Abdulquddusni yolg‘onchi, deb aytganlarini eshitdim». 82/60. Abu Nu’aym aytdilar. Mu’allo ibn Urfon zikr qilishicha, Abu Voil: «Ibn Mas’ud Siffin voqeasida huzurimizga chiqdilar», deb aytgan edi, Abu Nu’aym: «Uni o‘lgandan keyin qayta tirilgan deb o‘ylaysanmi?!» dedilar. (Izoh: Bundan Mu’allo ibn Urfon hadis rivoyat qilishda zaif ekani ayon bo‘lmoqda). 83/61. Affon ibn Muslim aytdilar: «Biz Ismoil ibn Ulayyaning huzurlarida edik. Bir kishi boshqa bir kishidan eshitgan hadisni gapirdi. Men: «U kishi hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedim. Yonimdagi kishi: «Sen uni g‘iybat qilding», dedi. Shunda Ismoil: «G’iybat qilgani yo‘q, lekin uning hadis rivoyat qilishda ishonchli emasligini hukm qildi», dedilar». 84/62. Bishr ibn Umar aytdilar: «Said ibn Musayyabdan hadis eshitib, uni rivoyat qiluvchi Muhammad ibn Abdurahmon haqida Molik ibn Anasdan so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Tav’amaning quli Solih haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Abu Huvayris haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ibn Abu Zi’b rivoyat qiluvchi Sho‘‘ba haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Harom ibn Usmon haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ya’ni, Molikdan ana shu besh kishi haqida so‘raganimda, u zot: «Ular hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedilar. Va yana bir kishi haqida so‘rasam, hozir uning ismini unutib qo‘ydim, Molik: «Kitobimda uning ismini ko‘rdingmi?» dedilar. Men: «Yo‘q», dedim. Molik: «Agar uning ismini kitobimda ko‘rganingda ishonchli bo‘lar edi», dedilar». 85/63. Hajjoj aytadilar: «Ibn Abu Zi’b Shurahbil ibn Sa’ddan bizga hadis aytdi. Holbuki, Shurahbil hadis rivoyat qilishda zaif, deb ayblangan edi». 86/64. Ibn Muborak aytdilar: «Agar menga Abdulloh ibn Muharrarni uchratish bilan jannatga kirish ixtiyori berilganida, Abdullohni uchratishni ixtiyor qilgan bo‘lar edim. Keyin uni ko‘rsam, hayvon tezagi menga Abdullohdan yaxshiroq ekan. (Chunki Abdulloh hadis gapirayotganda yolg‘onlarni qo‘shar edi)». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling