Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 (Izoh: Yuqorida zikri kelgan idishlarda mast qiluvchi sharoblar tayyorlangan. Bu idishlar o‘sha sharoblarni tez yetiltirgan. Shuning uchun bu kabi idishlarni ishlatish man etilmoqda. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari bilan bu nasx bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni sharob tayyorlashdan man etib, faqat meshlarda tayyorlashga ruxsat qilgan edim. Endi bo‘lsa, barcha idishlarda ichimlik tayyorlayvering, lekin mast qiluvchilarini emas», deb aytib, barcha mast qiluvchi ichimliklardan man etganlar.) 109/2. Abu Jamra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abbos roziyallohu anhu bilan odamlar o‘rtasida tarjimonlik qilar edim. Bir ayol kelib, sopol idishda tayyorlanuvchi sharob haqida so‘radi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: «Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida, u zot: «Bu qaysi jamoa yoki qaysi qabila?» dedilar. Ular: «Rabiy’a qabilasidanmiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabila yoki jamoadagilar, xush kelibsiz, sizlarga xo‘rlik ham, pushaymonlik ham yetmasin», dedilar. Ular: «Ey Allohning rasuli! Biz huzuringizga uzoq masofadan kelamiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofirlardan iborat Muzar nomli qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga o‘zida barcha narsalarni qamrovchi bir ishni buyuringki, o‘sha narsalarni ortimizda qolganlarga bildirib, shu sababli biz ham jannatga kiraylik», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man etdilar. Yakka Allohga iymon keltirishga buyurib: «Allohga iymon keltirish nimaligini bilasizmi?» deganlarida, ular: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu) «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyi ro‘zasini tutish va o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish va taxtachadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman. Sizlar bu narsalarni yodlab, ortingizda qolgan kishilarga bularning xabarini beringlar», dedilar». Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisni zikr qilib, uning davomida Ashaj Abulqaysga: «Senda ikki xislat bordir. Usha xislatingni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. U halim va bosiqlik», dedilar. 110/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasidan bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Biz Rabiy’a qabilasidanmiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda Muzar nomli kofir qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga shunday ishlarni buyuringki, biz o‘sha narsalarni ortimizda qolganlarga buyurib va o‘zimiz unga amal qilib jannatga kiraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman. Sizlarni Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilishga, namozni ado etishga, zakot berishga, ramazon oyi ro‘zasini tutishga va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berishga buyuraman. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan va taxtadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman», dedilar. Ular: «Ey Allohning nabiysi! Siz taxtadan o‘yib ishlangan idishni qaerdan bilasiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u idishni sizlar daraxt ildizidan olib, uni teshib, unga xurmo solib, ustidan suv quyib, qaynashi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling