Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 bersang, unga suyanib, (amal qilmay qo‘yishadi)», dedilar. (Avvaliga Muoz roziyallohu anhu xabar bermay yurdilar.) Lekin o‘limlari yaqinlashganida (ilmni yashirib) gunohkor bo‘lib qolishdan xavfsirab uning xabarini berdilar. 132/10. Mahmud ibn Rabiy’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Madinaga borgach, Itbon bilan uchrashib: «Menga yetib kelishicha, senda bir hadis bor ekan», deganlarida, u zot: «Ha, ko‘zimning nuri ketib qoldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga odam yuborib, uyimga kelib, namoz o‘qib berishlarini va u zot o‘qigan makonlarini namozgoh qilib olishimni aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh xohlaganicha sahobalarini olib keldilar. Manzilimga kirib namoz o‘qiyotganlarida sahobalar (munofiqlarni zikr qilib) Molik ibn Duxshumga munofiqlikning katta qismini nisbat berishdi. Va «Qaniydi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qilsalar-u, u halok bo‘lsa», deb unga biror zarar yetishini orzu qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin: «U Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermaganmi?» desalar, sahobalar: «To‘g‘ri, u bu kalimalarni aytadi, lekin qalbidan emas», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb, men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermasa, do‘zaxga tushadi yoki do‘zax uni yeydi», dedilar. Anas roziyallohu anhu: «Bu hadis meni hayratda qoldirdi. Va o‘g‘limga uni yozgin, deb aytgan edim, o‘g‘lim uni yozdi», dedilar. 133/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Itbon ibn Molik ko‘zlari xiralashib qolganida odam yuborib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shunday dedi: «(Uyimga) kelib, masjid qilib olishim uchun bir joyda namoz o‘qib belgilab bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavm bilan birga keldilar. Shu payt bir kishini sifatlab ketishdi. Uning ismi Molik ibn Duxshum edi...», deb hadisning qolgani yuqoridagi hadisdagidek davom ettirilgan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling