Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob  Musulmon birodarini «Ey kofir» deb aytgan kishining iymoni


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

26-bob 
Musulmon birodarini «Ey kofir» deb aytgan kishining iymoni 
Haqida 
175/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar kishi birodarini kofir desa, bu so‘z ikkovlaridan biriga qaytadi», dedilar. 
176/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Qaysi bir kishi birodariga «Ey kofir» deb aytsa, ikkovlaridan biriga qaytadi. 
Agar u o‘sha aytgan so‘zidek bo‘lsa, (kofirdir). Bordi-yu, aytgan so‘zi o‘sha kishida 
bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. 
177/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Qaysi bir kishi bila turib haqiqiy otasidan boshqani otam deb da’vo qilsa, 
kufroni ne’mat qilibdi. Kim o‘ziniki bo‘lmagan narsani «meniki», deb da’vo qilsa, biz 
(ning jamoamiz)dan emas. Va joyini do‘zaxdan tanlab qo‘ysin. Kim biror kishini «kofir» 
yoki «Allohning dushmani» deb aytsa, o‘sha aytgan so‘z u kishida mavjud bo‘lmasa, 
aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. 
27-bob
Bila turib otasini tan olmagan kishining iymoni haqida 
178/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
vasallam: «Otalaringizdan yuz o‘girmanglar. Kim otasidan yuz o‘girsa, u kufroni ne’mat 
qilibdi», dedilar. 
179/2. Abu Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ziyod (Muoviya ibn Abu 
Sufyonni otam deb) da’vo qilganida (onasi bir bo‘lgan) Abu Bakraga yo‘liqib: «Bu nima 
qilganlaringiz? Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda bila 
turib otasidan boshqa kishini otam, deb da’vo qilsa, jannat unga haromdir», deb 
aytganlarini quloqlarim bilan eshitganman», deganlar», deb aytsam, Abu Bakra 
roziyallohu anhu: «Men ham shuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
eshitganman», dedilar». 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «quloqlarim eshitgan»dan keyin «qalbim uni yod 
olgan», so‘zi ziyoda qilingan. 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling