Tanishtirish va ularni bu tadqiqotlarga tayyorlash


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1188838
  1   2   3   4
Bog'liq
2.4-5 mavzu (pdf.io)



MAVZU: PISA TADQIQOTLARI BILAN O‘QUVCHILARNI
TANISHTIRISH VA ULARNI BU TADQIQOTLARGA TAYYORLASH
BO‘YICHA YO‘L-YO‘RIQLAR. (2 soat amaliy)
Diqqatni jamlang! Maqsad guruhda ijobiy kayfiyat shakllantirib
diqqatlarini jarayonga qaratish.
Keling “Diqqat” o’yinini o’ynaymiz. Diqqat deb aytsam bajarasiz, 
aytmasam bajarmaysiz. Masalan: 
- Diqqat o’ng qo’lingizni ko’taring.
- Diqqat chap qo’lingizni burningiz uchiga tegizing.
-
Qo’llaringizni tushuring.
-
Uchunchi shartni bajarganlar o’yindan chiqadilar, chunki “diqqat” 
so’zi aytilmadi.
Kun hikmati!Donishmand va mutafakkirlar fikri
Biladi va bilishini ham biladi, u - olimdir, unga tobe’ bo’lmoq kerak.
Bilmaydi va lekin bilmasligini ham biladi,bu - qobil insondir, unga o’rgatmoq
kerak.
Bilar, lekin bilishini bilmas, u – uyqudadir, uni uyg’otmoq kerak.
Bilmas, lekin bilmasligini ham tan olmas, u – johildir, undan qochmoq kerak
Subyektiv konsepsiyalarni aniqlash.
Biz bilamiz. 
Matematik savodxonlik - bu insonning u yashayotgan dunyoda
matematikaning o‘rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik mulohazalar
yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaro sifatida hozirgi va
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida matematikadan foydalanish
qobiliyatidir.
Biz bilamiz.
PISA topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyati, hayotdan olinib, vaziyat
tahlili (keys) shaklida taqdim qilinadi. Topshiriq sharti va savol qo‘yilishi maktab
darsliklaridagidan farq qiladi. 
Daromadimni hisoblashim uchun arifmetik 
amallarni o‘rganishim kerak


Masalan:
- topshiriqlar o‘quvchi faoliyatiga yaqin bo‘lgan hayotiy vaziyatlardan olinishi;
- shartida ortiqcha ma’lumotlarning berilishi;
- vaziyatda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning, shartida emas savol
qismida berilishi;
- kerakli ma’lumotlar turli (diagramma, grafik, jadvallar, habarnomalar, rasm…)
shakllarda berilishi;
- topshiriqlarda bir nechta fanning ishtirok etishi;
topshiriq bajarilishida kreativ, tanqidiy yondashning baholanilishi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling