Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Kofir kishi «La ilaha illalloh» deb aytganidan keyin uni o‘ldirishning haromligi
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
41-bob
Kofir kishi «La ilaha illalloh» deb aytganidan keyin uni o‘ldirishning haromligi haqida 219/1. Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning rasuli, agar kofirlardan biriga yo‘liqqanimda u men bilan urushib bir qo‘limni qilich bilan kesib tashlasa, keyin (ko‘zimdan) daraxt (ortiga) yashirinib olib: «Alloh uchun musulmon bo‘ldim», deb aytganidan keyin ham o‘ldiraveraymi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uldirmagin», dedilar. «Ey Allohning rasuli! U qo‘limni kesdi- ku?! Bu so‘zlarni qo‘limni kesganidan keyin aytdi-ku, o‘ldiraveraymi?» deganlarida, u zot: «Uni o‘ldirmagin. Chunki uni o‘ldirishing bilan oldingi mavqeingda bo‘ladi va sen uning bu so‘zlarni aytishdan oldingi mavqeida bo‘lasan (ya’ni, sen kofirsan, u mo‘min holatda bo‘ladi)», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan, faqat «Uldirishni qasd qilganimda «La ilaha illalloh», deb aytdi» so‘zi ziyoda qilingan. 220/2. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh kishini bir joyga yubordilar. Biz Juhaynaning Huraqa nomli joyida tong ottirdik. Men bir kishini uchratib qoldim. U «La ilaha illalloh», desa ham, nayza otdim. Lekin bu qilgan ishim ko‘nglimni g‘ash qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilsam, u zot: «(Sen) «La ilaha illalloh», deb aytsa ham, uni o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, u qurolimdan qo‘rqqani uchun uni unday deganini yoki demaganini bilgan bo‘lsang», deb takrorlayverdilar, hatto men «Qaniydi, shu kun musulmon bo‘lsam-ku», deb umid qilar edim». Sa’d aytdilar: «Men biror musulmonni Zulbutayn, ya’ni Usoma o‘ldirmagunlaricha o‘ldirmas edim. Bir kishi kelib: «Axir Alloh taolo: «To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz», deb aytmaganmi?» deganida, men: «Biz fitna tugagunicha urushdik. Sen va do‘stlaring fitna bo‘lishini xohlab urushmoqdasiz», dedim». Usoma roziyallohu anhuning Zulbutayn, ya’ni qorin egasi, deyilishiga sabab qorinlari kattaligi uchundir. 221/3. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni Juhayna qabilasining Huraqa nomli joyiga yubordilar. Biz tongda ular huzuriga yetib borib mag‘lub etdik. Men va ansoriy sherigim bir kishini uchratib, uni qo‘lga tushirsak, u «La ilaha illalloh», dedi. Ansoriy do‘stim uni o‘ldirishdan qo‘lini tiydi. Men esa nayzamni otib uni o‘ldirdim. (Madinaga) borganimizda bu haqdagi xabar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot: «Ey Usoma! «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham uni o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli! U panoh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling