Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bizga qurol ko‘tarsa, biz (ning
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
42-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bizga qurol ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytgan so‘zlari haqida 223/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qurol ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. 224/2. Iyos ibn Salama roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qilichini yalang‘ochlasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytdilar. 225/3. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga aslaha ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. 43-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bizni aldasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytgan so‘zlari haqida Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 50 226/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qurol ko‘tarsa va bizni aldasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. 227/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p miqdordagi don-dun sotilayotgan joydan o‘ta turib, unga qo‘llarini tiqqan edilar, qo‘llari nam bo‘ldi. Keyin: «Ey g‘alla egasi, bu nimasi?» desalar, u: «Ey Allohning rasuli, yomg‘ir tegibdi», dedi. Shunda u zot: «Odamlar ko‘rishi uchun o‘sha nam joyini tepasiga qilib qo‘ymaysanmi? Kim aldasa, mening (yo‘limdan) emas», deb aytdilar. 44-bob Johiliyatdagi kabi yuzga urib, yokalarni yirtib, o‘liklarga yig‘lashning haromligi haqida 228/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim johiliyatdagi kabi yuziga urib, cho‘ntaklarini yirtib o‘liklarga yig‘lasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 229/2. Abu Burda ibn Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu qattiq bemor bo‘lib hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda boshlari xotinlarining quchog‘ida edi. Xotin esa baland ovoz ila baqirar edi. Abu Muso roziyallohu anhu uni bundan to‘xtatishga qodir bo‘lmadilar. Hushlari o‘zlariga kelganida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsalardan men ham yiroqdaman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida ovozini balandlatib yig‘lagan kishidan, musibat paytida sochini qirdirib oldirgandan hamda kiyimlarini yirtuvchi kishidan yiroqdirlar», deb aytdilar. 230/3. Abdurahmon ibn Yazid va Abu Burda ibn Abu Muso roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu hushlaridan ketib qolganlarida Ummu Abdulloh kelib baland ovozda yig‘ladi. Abu Muso roziyallohu anhu hushlariga kelgach xotinlariga: «Bilmaysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men (musibat paytida) sochini oldiruvchidan, ovozini balandlatib yig‘lagandan hamda kiyimlarini yirtuvchi kishidan yiroqman», deganlar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling