Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 topish uchun shunday qildi», desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu qildim». 222/4. Safvon ibn Muhriz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jundub ibn Abdulloh al- Bajamiy Ibn Zubayrning fitnalari vaqtida As’as ibn Salomaga odam yuborib: «Huzurimga yaqinlaringdan bir nechasini yubor, ular bilan gaplashib qo‘yaman», dedilar. Elchi borib xabar berganidan keyin ular to‘planishdi. Jundub ham keldilar. Ustlarida qalpoqli kiyimlari bor edi. Gap boshlanganda qalpoqlari yechilib ketdi. U zot: «Men sizlarga nabiylaringiz haqida xabar berishni xohlamayman. Balki sizlarga va’z-nasihat qilish uchun keldim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlardan bir guruh askarni mushriklar jamoasiga yubordilar. Ular o‘sha joyga yetib borishdi. U yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi. U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, albatta uni ado eta olar edi. Keyin musulmonlardan bir kishi mushrik g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qilichini ko‘targan edi, mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar beruvchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar. Shunda u kishi Usomaning qilmishini xabarini berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u musulmonlarga ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi», deb bir necha kishini nomma-nom keltirdi, keyin: «Unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh», dedi», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» degan edilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» deb, mana shundan («Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?») boshqa so‘zni ziyoda qilmadilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling