Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Alloh taologa iymon keltirish amallarning eng afzali ekani haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
Alloh taologa iymon keltirish amallarning eng afzali ekani haqida
199/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi amal afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Allohga iymon keltirish», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Maqbul haj», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 45 Muhammad ibn Ja’farning rivoyatlarida esa «Alloh va rasuliga iymon keltirish» bo‘lib kelgan. 200/2. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, amallarning qaysi biri afzalroq?» desam, u zot: «Allohga iymon keltirish va Uning yo‘lida jihod qilish», dedilar. Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi bo‘lganini hamda narxi qimmatini», dedilar. Men: «Agar buni qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Hunarmandga yordam bergin yoki hunarsizni ish bilan ta’minlagin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, agar ba’zi amallarni ado etishda zaiflashib qolsam, nima qilay?» deganimda, u zot: «Odamlardan yomonligingni to‘xtat. Bunday qilishing ham o‘z nafsing uchun sadaqadir», dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 201/3. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysisi afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. U zotning rioyalarini qilib ortiqcha so‘rashni tark qildim». 202/4. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhdan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning nabiyi, amallarning qaysisi jannatga yaqinroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar». 203/5. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysi biri Allohga mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. Agar ziyoda so‘rasam, menga ziyoda javob berar edilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 204/6. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namoz va ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling