Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
53 hozirgina do‘zax ahlidan, degan odam bugun qattiq urushib vafot etdi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxga (tushadi)», dedilar. Bu so‘zlaridan ba’zi odamlarda shak paydo bo‘lishiga oz qoldi. Ular shu holda turishganida «U kishi vafot etmabdi, lekin qattiq jarohatlanibdi», deb aytildi. Kech kirganida u kishi jarohatiga chiday olmasdan o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar berilganida, u zot: «Allohu akbar, men Allohning quli va rasuli ekanimga guvohlik beraman», deb, keyin Bilol roziyallohu anhuga buyurdilar. U kishi odamlarga qarata: «Jannatga faqat musulmon nafsgina kiradi. Albatta, Alloh taolo bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlab qo‘yaveradi», deb jar soldilar». 244/6. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va mushriklar to‘qnashib urush boshlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z turar joylariga, boshqalar ham o‘z turar joyiga qaytganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri haqida zikr qilindi. Bu kishiga har qanday botir kishi yo‘liqsa, qilichi bilan urib tirik qo‘ymas edi. Sahobiylar: «Bugun biror kishi falonchi kishidek kifoya etuvchi bo‘lmadi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zax ahlidir», dedilar. Qavmdagi bir kishi: «Men uning abadiy do‘stiman, u bilan birgaman», deb chiqdi-da, to‘xtaganida to‘xtab, tezlaganida tezlab poylab boraverdi. U kishi esa qattiq yarador bo‘ldi. Ulimini o‘zi tezlatib qo‘ya qoldi. Ya’ni, qilichning dastasini yerga, uchini esa ikki ko‘krak orasiga qo‘yib, og‘irligi bilan o‘zini bosib joniga qasd qildi. Haligi do‘sti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga chiqib: «Guvohlik berib aytamanki, siz Allohning rasulisiz. Hozirgina zikr qilgan kishingiz do‘zax ahli ekan», dedi. Bu so‘z odamlarga og‘ir botdi. U esa: «Men hozir sizlarga gapirib beraman. Uni axtarib chiqdim. U esa qattiq jarohatlangan edi. O’limini o‘zi tezlatib qo‘ya qoldi. Ya’ni, qilichi bandini yerga, uchini esa ikki ko‘krak orasiga qo‘yib, o‘z og‘irligi bilan o‘zini bosib joniga qasd qildi», deb xabar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu payt: «Albatta kishi odamlar nazdida jannat ahli amali hisoblanadigan narsani bajaradi- da, aslida u do‘zax ahlidir. Albatta kishi odamlar nazdida do‘zax amali hisoblanadigan narsani bajaradi-da, aslida u jannat ahlidir», dedilar. 245/7. Hasan aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatda bir kishi bor edi. Unga yara toshib ketdi. U ozor beraverganidan qutisidagi kamon o‘qini oldi-da, uni shilib tashladi. Qon to‘xtayvermagach, u vafot etdi. Shunda Parvardigor: «Unga jannatni harom qildim», dedi». Hasan roziyallohu anhu masjid tomonga qo‘llarini cho‘zib: «Alloh nomiga qasamki, Jundub ngu hadisni ushbu masjidda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib gapirib bergan», deganlar. 246/8. Hasan aytdilar: «Bizlarga Jundub ibn Abdulloh al-Bajaliy voqe’ani ushbu masjidda gapirib bergan. Biz unutganimiz yo‘q hamda Jundubning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on gapirishidan ham qo‘rqmaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan oldingi (ummat)lardan bir kishiga yiringli chaqa chiqdi», deb qolganini yuqoridagi kabi zikr qilganlar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling