Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60-bob. Iymondagi vasvasaning bayoni va uni o‘zida topgan kishi aytishi lozim narsalar haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 yu, lekin unga amal qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar amal qilgudek bo‘lsa, unga bir yomonlik yoziladi», dedilar. 269/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilari taboraka va taolodan qilgan rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo yaxshilik va yomonlikni yozib, keyin uni quyidagicha bayon qildi: kim biror yaxshilikni qasd etsayu, unga amal qilmasa, Alloh Uzining huzurida mukammal yaxshilik qildi, deb yozib qo‘yadi. Agar unga amal qilsa, Alloh Uz huzurida o‘ndan yetti yuz va undan ko‘p ziyodalik ila yozib qo‘yadi. Bordi-yu, biror yomonlikni qasd etib, unga amal qilmasa, Alloh Uz huzurida mukammal yaxshilik qilgan, deb yozib qo‘yadi. Agar qasd etib, unga amal qilsa, bitta yomonlik bajargan, deb yozib qo‘yadi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Alloh undan (xatolarni) o‘chiradi, Alloh faqat halok bo‘lishini muhrlab qo‘yganlarnigina halok etadi» so‘zi ziyoda qilingan. 60-bob. Iymondagi vasvasaning bayoni va uni o‘zida topgan kishi aytishi lozim narsalar haqida 270/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir necha kishi kelib: «Biz nafsimizda kishi gapirishi qaltis (xavfli) narsani topamiz», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haqiqatda topasizlarmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa sof iymonli bo‘lganingiz uchundir», dedilar. (Ya’ni, shayton sof iymonli kishini adashtira olmasdan vasvasa qiladi. Kofirni esa xohlaganicha adashtirib o‘ynashaveradi. Shuning uchun qalbingizda topayotgan vasvasa sof iymonli bo‘lganingiz uchundir, deyilmoqchi.) Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 272/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar tinmay savol so‘rayverishadi, hatto «Bu xalq qilingan narsani Alloh yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deb ham so‘rashadi. Kim (mana shunday fikrdan birortasini nafsida) topsa, «Amantu billahi», ya’ni «Allohga iymon keltirdim», deb aytsin», dedilar. 273/4. Hishom ibn Urva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shayton sizlardan biringiz huzuriga kelib: «Osmonni kim yaratgan? Yerni kim yaratgan?» deb aytsa, u kishi Alloh, deydi. Shayton hatto «Allohni kim yaratgan?» deb so‘raydi. Kim (nafsida shunday narsa) topsa, «Amantu billahi va rosulihi», ya’ni «Allohga va Uning rasuliga iymon keltirdim», deb aytsin», dedilar. 274/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz huzuriga shayton kelib: «Uni yoki buni kim yaratgan?» deydi, hatto «Rabbingni kim yaratgan?» deb aytadi. Agar sizlardan biringizda ana shunday narsa bo‘lsa, Alloh nomi bilan panoh tilab u ishini to‘xtatsin», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling