Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-bob Musulmonning haqqini yolg‘on qasam bilan tortib olgan kishiga do‘zaxning va’id qilingani haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 275/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar sizlardan ilm so‘rashda bardavom bo‘lishadi, hatto «Alloh bizni yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deb aytishadi», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir kishining qo‘lini ushlab: «Alloh va Uning rasuli rost aytgan. Haqiqatda mendan bu haqda ikki kishi so‘ragan edi, bunisi uchinchisidir yoki bir kishi so‘ragan edi, bunisi ikkinchisidir», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin sanadda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zikr qilmagan. 276/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Abu Hurayra! Sendan so‘rashda bardavom bo‘lib, hatto «Bu Allohdir! Allohni unda kim yaratgan?» deb aytishadi», dedilar. Nogahon men masjidda edim, a’robiylardan bir necha kishi kelib: «Ey Abu Hurayra! Bu Allohdir, unda Allohni kim yaratgan?» deb so‘rashdi. Shunda men kaftimga mayda toshlarini olib otdim-da: «Turinglar, turinglar, xalilim (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) rost gapirgan ekanlar», dedim». 277/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar sizlardan barcha narsani so‘rashadi. «Alloh barcha narsani yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deyishadi», dedilar. 278/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Albatta ummatingiz unday, bunday, deb aytishda bardavom bo‘ladi, hatto «Bu Alloh xaloyiqni xalq qilgan, unda Allohni kim xalq qilgan?» deb aytishadi», dedi». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Alloh: «Albatta ummatingiz...», deb aytgan» so‘zi zikr qilinmagan. 61-bob Musulmonning haqqini yolg‘on qasam bilan tortib olgan kishiga do‘zaxning va’id qilingani haqida 279/1. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmon haqqini (yolg‘on) qasam bilan tortib olsa, Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatdan mahrum etadi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Ozgina narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Arok daraxti novdasi bo‘lsa ham», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 280/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmonning molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, unda fujurlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar. Ash’as ibn Qays kirib: «Sizlarga Abu Abdurahmon nimani gapirib berdi?» deganlarida, ular: shunday-shunday, dedi, deb yuqoridagi hadisni aytishgan edi, Ash’as ibn Qays |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling