Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

64-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi 
haqida 
290/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qshshnadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, 
deb) kutib turibman. Avvalgisi – iymon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on 
tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan iymon ko‘tariladi. 
Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra 
yana biroz uxlasa, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. 
Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin 
unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar 
subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotdi qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi 
topa olishmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon 
mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning 
qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham iymon yo‘qdir». Huzayfa: «Mening ustimga 
shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotdi qilsam, parvo qilmas edim. Agar 
musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki 
yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda 
falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotdi qila olmayman», 
dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
291/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Umar roziyallohu anhu 
huzurlarida edik. U zot: «Sizlardan qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
fitnalarni zikr qilganlarini eshitgansiz?» deganlarida, qavmdagilar: «Biz eshitdik», 
deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Sizlar kishining ahli va qo‘shnisidagi fitnani nazarda 
tutyapsizlarmi?» degan edilar, ular: «Ha», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Bu 
narsaga namoz, ro‘za va sadaqalar kafforot bo‘ladi. Lekin sizlarning qaysi biringiz 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dengiz to‘lqini kabi junbushga keluvchi fitnani 
zikr qilganlarini eshitgan?» deganlarida, qavmdagilar jim turishdi. Men esa: «Men 
eshitganman», dedim. Umar roziyallohu anhu: «Otangga balli», dedilar. Men: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Fitnalar kishilar qalbiga 
xuddi bo‘yraning ketma-ket qilib to‘qilganidek, fitnalar ham paydar-pay keladi. Qaysi 
qalbga undan ichirilsa, qora nuqta bo‘ladi. Qaysi qalbdan u olinsa, oq nuqta bo‘ladi. U 
ikki qalbga aylanib, hattoki biri safo kabi oq bo‘ladi. Usha qalbga, modomiki yeru-osmon 
turar ekan, fitnalar zarar bera olmaydi. Ikkinchisi esa ag‘darilgan qora-oq ko‘zaga 
o‘xshaydiki, yaxshilikni bilmaydi, yomonlikni inkor etmaydi, faqat havoyi nafsiga 
ichirilgan narsanigina biladi», dedilar», deb aytdim». 
Huzayfa roziyallohu anhu: «Men buni Umar roziyallohu anhuga gapirib: «Siz bilan u 
fitnaning orasida qulfli bir eshik bor. Yaqin kunlarda qulfi sinishi mumkin», deganimda, 
Umar roziyallohu anhu: «Haqiqatda sinadimi? Agar ochilsa, shoyad, yana berkilishi 
mumkin», dedilar. Shunda men: «Balki sindiriladi, albatta bu eshikdan maqsad bir kishi 
bo‘lib qatl qilinadi yoki o‘ldiriladi. Bu aytayotgan narsalarim hadis bo‘lib, oldingi ahli 
kitoblarning sahifasi emas», deb gapirib berdim». 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling