Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Iymoni zaif kishining (iymonidan qaytishidan) qo‘rkilganda kalbini ulfat
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
68-bob Iymoni zaif kishining (iymonidan qaytishidan) qo‘rkilganda kalbini ulfat
kilish hamda qat’iy dalil bo‘lmaganida iymonni qat’iylashtirishdan kaytarilgani haqida 298/1. Omir ibn Sa’d roziyallohu anhuning otalari Sa’d ibn Abu Vaqqosdan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir narsani taqsim qildilar. «Men: «Ey Allohning rasuli! Falonchiga ham u taqsimotdan bering, chunki u mo‘mindir», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki u musulmondir», dedilar. Men: «U mo‘mindir», deb uch marta aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham menga: «Balki u musulmondir», deb uch marta aytdilar, so‘ngra: «Men uni bir kishiga beraman, bu kishi menga sen aytayotgan kishidan yaxshiroqdir. Chunki Alloh uni do‘zaxga solishidan qo‘rqib afzal ko‘rdim», dedilar». (Ya’ni, «Men beradigan kishimning iymoni zaif, agar unga tavqsimotdan bermasam, u kofir bo‘lib, Alloh uni do‘zaxga tashlashidan xavf etaman. Bermagan kishim esa ishonchlidir».) 299/2. Omir ibn Sa’dning otalari Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kishiga (taqsimotdan ulush) berdilar. Sa’d ham ularning ichida o‘tirgan edilar. Sa’d roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan bir kishiga (taqsimotdagi ulushdan) bermadilar. U nazdimda eng solihi edi. Shunda men: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men (uni) mo‘min deb bilaman», desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki musulmondir», dedilar. Ozgina jim turdim, keyin u kishi haqidagi bilgan narsam g‘olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men uni mo‘min deb bilaman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki musulmondir», dedilar. Men ozgina jim turdim, keyin u kishi haqidagi bilgan narsam g‘olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men uni mo‘min deb bilaman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki musulmondir, men uni bir kishiga beramanki, kishi menga yaxshidir. Chunki Alloh yuzi ila do‘zaxga solishidan qo‘rqib uni afzal ko‘rdim», dedilar». Bu yerda mazkur hadis ikki marta takror kelgan. Faqat ikkinchisida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llari bilan bo‘ynim va yelkamga urib, keyin: «Urishasanmi, ey Sa’d? Men uni bir kishiga beraman», (dedilar)» so‘zi ziyoda qilingan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling