Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 chiqib), kim biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qila olmasa, bir yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Bordi-yu, amal qilsa, o‘nta yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Kim biror yomonlikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, biror narsa yozilmaydi. Bordi-yu, unga amal qilsa, bitta yomonlik (bajardi), deb yoziladi», dedi. Keyin tushib Muso alayhissalom oldilariga bordim-da, buning xabarini bersam, Muso alayhissalom: «Rabbingiz huzuriga boring-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Shunda Rabbim huzuriga qaytib bordim, ammo (bu so‘zlarni aytishga) Undan hayo qildim», deb aytdilar. 318/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni ko‘tarib zamzam suviga olib borishdi, ko‘kragimni yorib, shu zamzam suvi bilan yuvishdi, keyin olgan joylarida qoldirib ketishdi», dedilar. 319/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytishlaricha, bir kuni Jabroil alayhissalom kelganlarida u zot yosh bolalar bilan birga o‘ynayotgan edilar. Jabroil alayhissalom u zotni ushlab yotqizdilar-da, qorinlarini yorib, qalblarini chiqardilar, uning ichidan quyuq qonni olib: «Mana shu sizdagi shayton nasibasidir», dedilar. So‘ng tillodan bo‘lgan tog‘oraga zamzam suvi soldilar, u suv bilan qalbni yuvib o‘z joyiga qaytarib qo‘ydilar. Haligi birga o‘ynayotgan bolalar onalari, ya’ni enagalari huzuriga kelib: «Muhammad qatl etildi», deb aytishdi. Ular u zotning huzurlariga borishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ranglari o‘zgarib ketgan edi. Anas roziyallohu anhu: «Men u zotning ko‘kraklaridagi tikilgan narsaning asoratini ko‘rganman», dedilar. 320/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’badagi masjiddan Quddusdagi masjidga tungi safarga chiqqanlari haqida gapirib beradilar: «Vahiy qilinishidan oldin uch nafar kishi u zotning huzurlariga keldi. Ushanda u zot Masjidul Haromda uxlayotgan edilar...», deb hadisning qolganini xuddi yuqoridagi hadisda kelganidek oxiriga yetkazdilar. Lekin ba’zisini ziyoda, ba’zisini noqis, ba’zisini oldinlatib va ba’zisini keyinga qo‘yib zikr qilganlar. 321/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Makkadalik paytimda uyimning shifti ochildi. Usha joydan Jabroil alayhissalom tushdilar-da, ko‘kragimni ochib, zamzam suvi bilan yuvdilar, hikmat va iymon to‘ldirilgan tillo tog‘ora olib kelib, uni qalbimga quydilar, so‘ng yopib qo‘ydilar. Keyin qo‘limdan ushlab osmonga ko‘tarildilar. Dunyo osmoniga kelganimizda Jabroil alayhissalom osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Soqchi: «Bu kim?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Bu Jabroildir», dedilar. Soqchi: «Siz bilan birga boshqa biror kishi bormi?» desa, Jabroil alayhissalom: «Ha! Men bilan birga Muhammad alayhissalom birgalar», dedilar. Soqchi: «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» degan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Shunda eshik ochildi. Dunyo osmoniga ko‘tarilganimizda bir kishini ko‘rdikki, o‘ng tomonida bir jamoa va chap tomonida bir jamoa turar edi. U kishi agar o‘ng tomoniga qarasa, kular edi, agar chap tomoniga qarasa, yig‘lar edi. Usha kishi: «Solih payg‘ambar va solih kishining o‘g‘li xush kelibdi», deb aytdi. Men: «Ey Jabroil, bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Odam alayhissalomdir. Mana bu o‘ng va chap tomonidagi jamoa zurriyotlaridan tashkil topgan xalqlardir. O’ng tomondagisi jannat ahli, chap tomondagi jamoa esa do‘zax ahlidir. Shuning uchun o‘ng tomoniga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling