Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Mo‘min oxiratda Rabbini ko‘rishining isboti haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
80-bob Mo‘min oxiratda Rabbini ko‘rishining isboti haqida
352/1. Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Qays otalaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki jannat bor, undagi idishlar va ichidagi narsalar kumushdandir. Va yana ikki jannat bor, undagi idishlar va ichidagi narsalar tilladandir. Qavm bilan Rabbilariga nazar solish orasida Adn jannatida Uning yuzi ustida kiborlik ridosi bordir. Ya’ni, Uni ko‘rish uchun ridoni ko‘tarish kerak», dedilar. 353/2. Suhayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga qarata: «Biror narsa ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?» desa, jannatdagilar: «Yuzlarimizni oq qilmadingmi, jannatingga kiritmadingmi, do‘zaxingdan najot bermadingmi (ya’ni, shuncha ne’mat berding-u, yana ziyoda qilasanmi)?» deyishadi. Shunda Alloh taolo to‘siqni ochib yuboradi. Ular Rabbilariga nazar solishdan sevimliroq biror narsa berilmaganining (shohidi bo‘lishadi)», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat quyidagi oyat ziyoda qilingan: «Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) bordir» (Yunus surasi, 26- oyat). 81-bob Allohni ko‘rishga olib boradigan yo‘lni tanish haqida 354/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Biz qiyomat kuni Rabbimizni ko‘ramizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badr kechasida oyni ko‘rishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Io‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ostida bulut yo‘q bo‘lsa, quyoshni ko‘rishda mashaqqat sezasizlarmi?» degandilar, ular: «Io‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar Uni ko‘rasizlar, shuningdek, Alloh qiyomat kuni odamlarni jamlab: «Kim bulardan birortasiga ibodat qilsa, unga ergashsin», deydi. Bas, kim quyoshga ibodat qilgan bo‘lsa, quyoshga ergashadi. Kim oyga ibodat qilgan bo‘lsa, oyga ergashadi, kim tog‘utga (shayton yoki but) ibodat qilgan bo‘lsa, tog‘utga ergashadi. Bu ummat esa shunday qoladi. Ularning ichida munofiqlar ham bo‘ladi. (Munofiqlar havzgacha birga bo‘lib, keyin u yerdan haydaladi.) Keyin Alloh taolo ular taniydigan suratdan boshqa suratda kelib: «Men sizlarning Rabbingizman», deydi. Ular: «Alloh nomi ila Sendan panoh tilaymiz. Bu bizning makonimiz. Rabbimiz kelgunicha shu yerda turamiz. Agar Rabbimiz kelsa, biz uni tanirdik», deyishadi. Bas, Alloh ular taniydigan suratda kelib: «Men Rabbingizman», deydi. Ular: «Sen bizning Rabbimizsan», deb Unga ergashadi. Va jahannam ustiga sirot ko‘prigi qo‘yiladi. Men va ummatim u ko‘prikdan birinchi bo‘lib o‘tuvchidirlar. U kunda faqat payg‘ambarlar gapirishadi. O’sha kunda payg‘ambarlarning duolari faqat «Allohim salomat qil, salomat qil», deyish bo‘ladi, xolos. Jahannamda esa xuddi sa’don (tuya yeydigan o‘simlik) tikoniga o‘xshash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling