Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 355/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi hadislarini zikr qilib aytdilarki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning jannatdagi eng yaqin o‘rni shuki unga (Alloh) orzu qil, deb aytadi. Bas, u orzu qiladi va yana orzu qiladi. Unga: «Orzu qildingmi?» deydi. U: «Ha», deydi. «Senga orzu qilgan narsang va uning miqdoricha narsa», deydi», deb aytdilar». 356/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Albatta odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Qiyomat kuni Rabbimizni ko‘ramizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, peshin vaqtida bulut yo‘q bo‘lib, osmon musaffo turganida quyoshni ko‘rishga qiynalasizlarmi? Badr kechasida bulut yo‘q bo‘lib, musaffo turganida oyni ko‘rishda mashaqqat sezasizlarmi?» deganlarida, ular: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. U zot: «Bu ikkovini ko‘rishda mashaqqat sezmaganingizdek, qiyomat kuni Alloh taoloni ko‘rishda mashaqqat sezmaysizlar. Qiyomat kuni bo‘lganida bir nido qiluvchi: «Har bir ummat nimaga ibodat qilgan bo‘lsa, o‘shanga ergashsin», deb nido qiladi. Allohdan boshqa but-sanamlarga ibodat qiluvchi hech bir kishi qolmaydi, barchasi do‘zaxga tushadi. Hattoki, Allohga ibodat qilgan itoatkor, fojir va ahli kitoblardan ayrimlarigina qoladi. Yahudiylar chaqirilib: «Nimaga ibodat qilardinglar?» deyilsa, ular: «Alohning o‘g‘li Uzayrga», deyishadi. «Yolg‘on gapirdinglar, Alloh biror xotin va farzandni tutmagan. Uzi sizlar nima talab qilasizlar?» deyilsa, ular: «Ey Rabbimiz! Biz chanqadik, bizni suv ila siylagin», deyishadi. Ularga: «Suvga tushmaysizlarmi?» deb do‘zaxga to‘plab olib borishadi. U yerda go‘yoki jimirlab turgan sarobni (ko‘rishadi), unga tashlanishadi. Keyin nasroniylar chaqirilib: «Nimaga ibodat qilardinglar?» deyilsa, ular: «Allohning o‘g‘li Masihga ibodat qilar edik», deyishadi. «Yolg‘on gapirdinglar, Alloh biror xotin va farzandni tutmagan. O’zi sizlar nima talab qilasizlar?» deyilsa, ular: «Ey Rabbimiz! Biz chanqadik, bizni suv ila siylagin», deyishadi. Bas, ularga: «Suvga tushmaysizlarmi?» deb do‘zaxga to‘plab olib borishadi. U yerda go‘yoki jimirlab turgan sarobni ko‘rib, unga tashlanishadi. U yerda Allohga ibodat qilgan itoatkor va fojirlardan boshqa hech kim qolmaydi. Olamlar Rabbi ular ko‘rgan suratdan kichikroq suratda kelib: «Nimani kutmoqdasizlar?» deydi. Barcha ummat ibodat qilgan narsasiga ergashadi. Ular: «Ey Rabbimiz! Biz dunyoda insonlarga muhtoj bo‘lsak-da, ular bilan do‘stlashmasdan ajraldik», deyishadi. U: «Men Rabbingizman», deydi. Ular: «Alloh nomi ila Sendan panoh tilaymiz, Allohga biror narsani sherik qilmaymiz», deb ikki yoki uch bora aytishadi, hatto ba’zilari to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketishlariga oz qoladi. U: «Sizlar bilan ular o‘rtangizda taniladigan biror belgi bormi?» desa, ular: «Ha», deb boldirlarini ochishadi. Ushanda o‘z ixtiyori ila sajda qiluvchilarga sajda qilishga izn beriladi. Ammo (birovdan) qo‘rqib yoki riyo qilgan holda sajda qiluvchilarning orqalari esa bir tabaqa qilib qo‘yiladi. Har gal sajda qilishni xohdashganida orqalariga ag‘anab ketishadi. Keyin boshlarini ko‘tarishsa, haligi ko‘ringan (kichikroq) suratdan o‘zgarib, avvalgi suratida ko‘rinadi. (Demak, munofiqlar Allohni haqiqiy suratda ko‘ra olishmaydi.) Bas, U: «Men Rabbingizman», desa, ular: «Sen Rabbimizsan», deyishadi. So‘ngra jahannam ustiga ko‘prik o‘rnatilib, shafoatga izn beriladi. Ular: «Allohim, omonda qil, omonda qil», deb aytishadi», dedilar. «Ey Allohning rasuli! Ko‘prik nima?» deyishganda, u zot: «Oyoq o‘rnashmaydigan sirpanchiq makon bo‘lib, u yerda changak, ilgichli temir va Najd yerlarida o‘sadigan tikanli narsalar bo‘lib, u sa’don, deyiladi. Mo‘minlar u yerdan chaqmoq, shamol, qush va aravali chopqir otlar kabi ko‘z yumib-ochguncha tez o‘tishadi. Bir qismi salomat qolib najot topadi. Yana bir qismi tirnalib xalos bo‘ladi. Va yana bir qismi to‘plab turilib jahannamga qulatiladi. Hattoki mo‘minlar do‘zaxdan xalos bo‘lishadi. Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘sha qiyomat kuni mo‘minlarchalik do‘zaxdagi birodarlariga Allohdan haqning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling