www.ziyouz.com kutubxonasi
85
mayin, qilichdan o‘tkirdir», dedilar. Ularning: «Ey Rabbimiz, bizga ato qilgan narsangni
olamda biror kishiga bermagansan», degan so‘zlari va undan keyingisi Lays rivoyat
qilgan rivoyatda yo‘q», desam, Iso ibn Hammod bunga iqror bo‘ldilar».
Bu yerda yuqoridagi hadis ba’zi ziyodalik va qo‘shimchasi bilan takror kelgan.
82-bob Shafoatning haq ekani va Allohni yakkayu-yagona deb aytuvchilarning
do‘zaxdan chiqarilishi haqida
357/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Alloh rahmati ila jannat ahlidan bo‘lganlarni, xohlagan kishilarini
jannatga kiritadi. Va do‘zax ahlidan bo‘lganlarni do‘zaxga kiritadi. Keyin u zot:
«Qaranglar-chi, kimning qalbida xantal urug‘i miqdoricha iymon topsangiz, ularni u
yerdan chiqaringlar», deydi. U yerdan yonib bitgan, ko‘mirsimon kishilar chiqishadi. Ular
hayot (yoki tiriklik) anhoriga uloqtiriladi. Sizlar qing‘ir qiyshiq bo‘lib chiqadigan
za’faronni ko‘rmaganmisizlar?» dedilar.
Bu yerda yuqorida hadis takror kelgan.
358/2. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Do‘zaxiylar shunday kishilarki, ular uning ahlidirlar. Chunki u yerda
o‘lishmaydi ham, tirik ham bo‘lishmaydi. Lekin shunday odamlar bo‘ladiki, gunohlari yoki
xatolari sababli do‘zaxdan nasibalarini olishadi. Bas, ular bir o‘limni tatib, hatto ko‘mir
bo‘lib qolishadi. Ularni shafoat qilishga izn beriladi. Bir jamoa kelganida ular jannat
anhoriga ajratiladi. Keyin: «Ey jannat ahli», deb ularning ustlaridan (jannat anhori
suvlari) quyiladi. Ular xuddi sel oqib kelganida atrofidagi qora loy ustida unib chiqqan
don kabi o‘sib chiqishadi», dedilar. Qavmdagi bir kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yaylovda bo‘lgandek gapirdilar», deb aytdi.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «qavmdagi kishi» so‘zi keltirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |