Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deyman. Menga: «(Ey Muhammad), boring- da, kimning qalbida bug‘doy yoki arpa miqdoricha iymoni bo‘lsa, (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib u (buyruq)ni bajaraman, so‘ngra Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman, keyin yana sajdaga bosh egaman. Va yana menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoatni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytilsa, men: «Ummatim, ummatim», deyman. Menga yana: «Boring-da, kimning qalbida xantal urug‘icha iymon bo‘lsa, uni (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsani bajaraman. Keyin Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila Unga hamd aytib, so‘ngra sajda qilish uchun bosh egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deb aytaman. Menga yana: «Kimning qalbida xantal urug‘idan kichikroq, kichikroq, kichikroq iymoni bo‘lsa, uni do‘zaxdan chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsalarni bajaraman», dedilar. Bu hadis Anas ibn Molik xabar bergan rivoyatdir: Biz u zot huzurlaridan chiqib Zahruljabon degan yerga yetganimizda, yo‘nalishimizni Hasan Basriyga to‘g‘riladik va u zotga salom berdik, u zot (Hajjoj ibn Yusuf zulmidan qochib) Abu Xalifaning hovlisida yashirinib turgandilar. Biz u zot huzurlariga kirib salom berdik, va: «Ey Abu Said, (ya’ni Hasan!) Birodaringiz Abu Hamza, (ya’ni Anas ibn Molik) huzurlaridan keldik. Shafoat haqida gapirib bergan hadislaridagini eshitmaganmiz», desak, u zot: «Qani, uni qo‘shimchalari bilan so‘zlanglar-chi», dedilar. Biz hadisni gapirib bersak, u zot yana: «Qani, ortiqchasi bilan gapiringlar-chi», dedilar. Biz: «Bundan ziyoda qilganlari yo‘q», dedik. Shunda u zot: «Iigirma yildan beri u bizga bu hadisni gapiradi. U o‘sha paytda ham kuchli va eslash qobiliyati yaxshi edi. U unutgani uchunmi yoki sizlarga gapirib bersa, unga suyanib qolishingiz sababli tark qildimi, bilmayman, (davomi bor)», dedilar. Biz: «Unday bo‘lsa, bizga gapirib bering», desak, u zot kulib: «Inson shoshqaloq qilib yaratilgandir», dedilar-da, so‘ng: «Men hozir uni sizlarga so‘zlab beraman: «So‘ngra to‘rtinchisida Rabbim huzuriga qaytaman-da, Unga maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman. Keyin sajdaga bosh egsam, menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men esa: «Ey Rabbim! Kim «La ilaha illalloh», deb aytgan bo‘lsa, (uning ham do‘zaxdan chiqishiga) izn bergin», desam, Alloh: «Bu sizning ishingiz yoki bu sizga yuklangan vazifa emas. Lekin Mening azizligim, kibrligim va azamatim haqqi-hurmati, kim «La ilaha illalloh», deb aytsa, uni (shafoatsiz ham) do‘zaxdan chiqaraveraman», deb aytadi», dedilar». Ma’bad roziyallohu anhu: «Guvohlik berib aytamanki, Hasan Basriy roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan bu hadisni taxminan yigirma yil oldin, eslash qobiliyatlari yaxshi bo‘lgan paytlarida eshitib, uni gapirib berdilar», deb aytganlar. 375/14. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kuni go‘sht olib kelindi. Va u zotga qo‘l qismi uzatildi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l qismini (lazzatli bo‘lgani uchun) yaxshi ko‘rardilar. Undan bir tishladilar-da: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyidiman. Nima uchun bunday bo‘lishi(m)ni bilasizlarmi? Alloh qiyomat kuni avvalgi-yu oxirgi, ya’ni Odam alayhissalomdan to oxirgi tug‘ilgan odamgacha bir tepalikka jamlaydi, bir jarchi nido qilib turadi. Hamma ko‘zga tashlanib turadi. Quyosh yaqinlashtiriladi. Odamlar esa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling