Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 (Roviy uchinchi, to‘rtinchisini bilmayman, deb aytdilar.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Rabbim! Do‘zaxda faqat abadiy qolishlarini Qur’on xabar bergan kishilargina (qoldi), xolos», deb aytaman», dedilar. Ibn Ubayd: «Qatodaning rivoyatlarida «abadiyligi vojib bo‘lganlargina» bo‘lib kelgan», dedilar. 372/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mo‘minlar qiyomat kuni to‘planib (shafoatga ahamiyat berishadi yoki shunga, ya’ni shafoat so‘rashga) ilhom beriladi...». Hadis yuqoridagidek davom ettirilgan. Lekin davomida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘rtinchi gal boraman yoki to‘rtinchi gal qaytganimda: «Ey Rabbim! Bu yerda faqat abadiy qolishlarini Qur’on xabar bergan kishilargina qolishdi, xolos», deb aytaman», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 373/12. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», desa va qalbida arpa vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u do‘zaxdan chiqarib yuboriladi. So‘ngra yana kim «La ilaha illalloh», deb qalbida bug‘doy vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi. Va yana kimning qalbida kichik qumursqa vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi», dedilar. Abu Minhol esa rivoyatlarida quyidagilarni ziyoda qilganlar: «Yazid: «Sho‘‘baga yo‘liqib bu hadisni aytsam, u ham: «Bu hadisni bizga Qatoda roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan eshitgani aytib, «qumursqa» o‘rniga «jo‘xori», deb aytdi», dedi. Abu Bistom, ya’ni Sho‘‘ba buni aytish bilan noto‘g‘ri so‘zlabdi, dedi», dedilar». 374/13. Ma’bad ibn Hilol al-Anaziy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Sobit bilan Anas ibn Molik huzurlariga bordik. Anas roziyallohu anhuning oldilarga kirsak, zuho namozini o‘qiyotgan ekanlar. Sobit roziyallohu anhu biz uchun izn so‘ragan edilar, oldilariga kirdik. U zot Sobitni o‘zlari bilan birga karavotlariga o‘tqazdilar-da: «Ey Abu Hamza, (ya’ni Sobit!) Basralik birodarlaringiz sizdan shafoat haqidagi hadislarni gapirib berishingizni so‘rashadi. Bizga (bu haqda) Muhammad alayhissalom gapirib berganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, odamlar bir-birlari bilan aralash-quralash bo‘lib, Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Zurriyotingizni shafoat qiling», deyishadi. Odam alayhissalom: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Allohning do‘stidirlar», deydilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muso alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgan zotdirlar», deydilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men buning (ahli) emasman. Lekin sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar, chunki u zot Allohning ruhi va kalimasidirlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deydilar. «Men uning (ahlidirman)», deb aytaman. Men borib Rabbimdan izn so‘rayman. Menga (izn) berilsa, Uning oldida turib maqtaladigan narsalar bilan hamd aytaman. Hozir u hamdlarni aytishga qodir emasman. Alloh menga uni aytishga ilhom beradi. So‘ngra sajda qilgan holimda bo‘yin egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilik)ni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Shunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling