Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 76-bob. «Sidratul munta’o»ning zikri
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 o‘girilib qarasam, qizg‘ish rangli, jussali, sochi jingalak, ko‘zi g‘ilay, go‘yoki (o‘sha g‘ilay ko‘zida) uzum donasi turtib turgandek bir kishini ko‘rdim-da, «Bu kim?» deb aytsam, ular: «(Bu) Dajjol», deyishdi. U xuddi Ibn Qatonga o‘xshar edi», deb aytdilar. 335/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga (Dajjol) Hijr nomli joyda ko‘rsatildi. Quraysh esa mendan Baytul- maqdisga qilingan tungi sayohat haqida va Baytul-maqdisning o‘zi haqida ba’zi narsalarni so‘rar edi. Men esa ularga buni isbotlab bera olmay shu darajada g‘amga botdimki, hech bunaqa bo‘lmagan edim. Bas, Alloh so‘rashayotgan narsalarini ko‘rish uchun meni ko‘tardi va ularga bu haqda xabar berdim. Va yana payg‘ambarlar jamoasini ko‘rdim, Muso alayhissalom tik turib namoz o‘qimoqdalar, u zot jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qiyotgan edilar. U zot Urva ibn Mas’ud as-Saqafiyga o‘xshar edilar. Va yana Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qirdilar. U zot birodaringizga o‘xshardilar», deb o‘zlariga o‘xshashliklarini ifoda etdilar. (Yana so‘zlarida davom etib): «Keyin namoz vaqti bo‘ldi. Men ularga imom bo‘ldim. Qachonki, namozimni tugatganimdan keyin bir so‘zlovchi: «Mana bu do‘zax sohibi bo‘lmish Molik nomli (farishtadir). Bunga salom bering», degan edi, men u zotga o‘girilib qarasam, birinchi bo‘lib, mendan oldin salom berdilar», dedilar. 76-bob. «Sidratul munta’o»ning zikri 336/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Isroga yuborilganlarida «Sidratul muntaho»ga kelib to‘xtadilar. U oltinchi osmondadir. Yerdan ko‘tarilganlar o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. Uning tepasidan tushganlar ham o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. (Sidratul muntaho jannat chetidagi, Arshning o‘ng tomonidagi sidr daraxtidir.) Ushanda sidr daraxtini nimadir o‘rab olgan edi. Abdulloh: «Tillodan bo‘lgan (narsa) o‘rab olgan», dedilar. Ushanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uch narsa berildi: 1. Besh vaqt namoz. 2. Baqara surasining oxirgi oyati. 3. Allohga biror narsani sherik keltirmasa, halokatga tushishga sabab bo‘luvchi narsalarning kechirilishi. 337/2. Shayboniy aytdilar: «Zirr ibn Hubayshdan Allohning so‘zidagi «Bas, (Muhammad alayhissalomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib» oyati haqida so‘raganimda, u zot: «Ibn Mas’ud xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, Jabroil alayhissalomning olti yuzta qanotlari bor edi», deb javob berdilar». 338/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi» oyati haqida shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, u zotda olti yuzta qanot bor edi». 339/4. Sulaymon Shayboniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Zirr ibn Hubayshdan, u zot esa Abdullohdan «Darhaqiqat, u (o‘sha soatda) Parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» oyati haqida eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘shanda Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida ko‘rganlar, u zotning olti yuzta qanotlari bor edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling