Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 75-bob Masih ibn Maryam alayhissalom va Masih Dajjol zikri haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Iso alayhissalom o‘rta bo‘yli, qizil rangga moyil bo‘lib, hammomdan yangi chiqqan kishiga o‘xshardilar. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Men u zotning zurriyotlari ichidagi eng o‘xshashiman. Bas, huzurimga ikki idish olib kelindi. Birida sut, ikkinchisida xamr (aroq) bor edi. Menga: «Qaysi birini xohlasangiz, oling», deyildi. Men sutni olib ichgan edim, (Jabroil alayhissalom): «Asl fitratga hidoyat qilindingiz yoki asl fitratga yetishdingiz. Agar xamrni olganingizda ummatingiz adashar edi», dedilar». 75-bob Masih ibn Maryam alayhissalom va Masih Dajjol zikri haqida 330/1. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechalarning birida Ka’ba huzurida tursam, bug‘doyrang, ko‘rinishidan chiroyli, sochlari qulog‘ining yumshoq joyigacha o‘sib tushgan bir kishi (tushimda) ko‘rsatildi. U sochini tarab olgan edi. Usha sochidan suv oqar edi. U ikki kishi orasida yoki ikki kishi yelkasiga suyanib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, «Masih ibn Maryam», deyildi. So‘ngra kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, go‘yoki o‘ng ko‘zi turtib chiqqan uzum donasi kabi kishini (tushimda) ko‘rdim. «Bu kishi kim?» desam, «U Masih Dajjoldir», deyildi», dedilar. 331/2. Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida odamlar orasida, Masih Dajjolni zikr qildilar. Va u zot: «Albatta Alloh taolo g‘ilay ko‘zli emas. Ogoh bo‘ling, albatta Masih Dajjolning o‘ng ko‘zi g‘ilaydir. Go‘yoki uning (o‘sha g‘ilay ko‘zi) uzum donasi kabi irg‘ib chiqqandek», deb, u zot yana: «Kechalarning birida tushimda Ka’ba oldida turganim ko‘rsatildi. Shunda chiroyli, bug‘doyrang bir kishi turibdi. (Uning) uzun sochi ikki yelkasi orasiga tushib turar edi. Sochi taralgan va boshidan suv tomchilab turar, qo‘lini esa ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, ular orasida Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Masih ibn Maryam», deb aytishdi. Keyin u zotning orqalarida kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, odamlardan Ibn Qatonga ko‘proq o‘xshab ketadigan bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Masih Dajjoldir», deb aytishdi», dedilar. 332/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ka’ba oldida ekanimda uzun sochli bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishiga qo‘yib olgan edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Iso ibn Maryam yoki Masih ibn Maryam», deb aytishdi. U ismlarning qaysi birini aytishganini bilmayman. Bu kishining orqasida afti-angori qizg‘ish, sochi jingalak, o‘ng ko‘zi g‘ilay, xuddi Ibn Qatonga o‘xshaydigan bir kishini ko‘rdim. Va: «Bu kim?» desam, ular: «Masih Dajjoldir», deyishdi», dedilar. 333/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qurayshliklar meni yolg‘onga tutmaganida Hijr degan joyda turardim-da, Alloh menga Baytul-maqdisni ochib berar edi va u (Dajjol)ga qarab turib, uning alomatlari haqida xabar bera boshlar edim», deb aytdilar. 334/5. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uxlayotgan edim, tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Shunda bug‘doyrang, uzun sochli, ikki kishi orasida, boshidan suv tomib yoki oqib turgan kishini ko‘rib: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Ibn Maryam», deb aytishdi. So‘ngra |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling