Tilimiz ancha kelishib qolgan XX- asr kashfiyotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq
Download 199.69 Kb.
|
Buyuk alloma matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshidan oyoq
Buyuk alloma 1.“Farhod va Shirin” dostonini o‘qisak, bugun tilimiz ancha kelishib qolgan XX- asr kashfiyotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan bu temir odam ich ichidan yonib turardi”. 2. 1928 - yili Toshkentda ixtirochilar B. Gra-bovskiy va I. Belyavskiylar elektr-nur yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan uzatadigan va qabul qiladigan apparat yaratib, muvaffaqqiyatli sinovdan o‘tkazdilar. Poytaxtimiz televideniye vataniga aylanishi bejiz emasdi. Chunki Alisher Navoiy bir necha asrlar ilgari “Farhod va Shirin” dostonida bu qurulmani ham o‘z holicha “oynayi jahon” deb nomlaydi. Farhod uzoq Arman o‘lkasining malikasi Shirinning husni jamolini aynan shu vosita orqali ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi. 3. “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”da eskalator va lift haqidagi farazlarni o‘qigan mashxur sharqshunos olim Bertels ham hayrat og‘ushida qolganini yashirmagan ekan.“Shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, pilla poyalar uning qadam qo‘yishi uchun pasayib, bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu 8 poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tariladi”. Bu yerda keyingi asrlarda, yana ham aniqrog‘i, 1892-yilda amerikalik kashfiyotchi Jessi Reno tomonidan yasalgan eskalator haqida gap ketayotganiga shubxa yo‘q. (“Navoiyshunoslik”dan)
Download 199.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling