Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi», dedilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan birga ko‘tarilib ikkinchi osmonga chiqdilar va u osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Osmon soqchisi dunyo osmoni soqchisi aytgan so‘zni aytdi va (eshikni) ochdi...», dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmonda Odam, Idris, Iso, Muso va Ibrohim alayhissalomlarning barchalarini uchratdilar. Lekin makonlari qanday ekani haqidagi xabarni isbotlamadilar. Ammo Odam alayhissalomni dunyo osmonida, Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda uchratdilar. Qachonki, Jabroil alayhissalom va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Idris alayhissalomning oldilaridan o‘tishganida, u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uta turib: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Idris», dedilar. Keyin Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimizda u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Musodirlar», dedilar. So‘ngra Iso alayhissalom oldilaridan o‘tsak, «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Iso ibn Maryamdirlar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom oldilaridan o‘tsak, u zot: «Solih payg‘ambar va solih kishi o‘g‘li xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Ibrohimdirlar», dedilar». Ibn Abbos va Abu Habba al-Ansoriy roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ngra men balandlab, bir tekis yerga ko‘tarildim. Va u yerda farishtalar (Allohning taqdir-qazosi va boshqa buyruqlarini) yozishayotganining ovozini eshitdim», dedilar. Ibn Hazm va Anas ibn Molik roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh ummatimga ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Men qaytib Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimda, u zot: «Rabbingiz ummatingizga nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namozni», dedim. U zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Rabbim huzuriga qaytsam, U buning yarmini o‘tib yubordi. Muso alayhissalom huzurlariga qaytib, buning xabarini bersam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib borsam, Alloh: «U besh mahaldir. Ana shu besh mahal ellik mahalga o‘tadi. Mening huzurimda so‘z o‘zgartirilmaydi», dedi. Men Muso alayhissalom huzurlariga qaytib borsam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting», dedilar. Men: Rabimdan (borish xususida) hayo qildim», dedim. So‘ngra Jabroil alayhissalom bilan birga «Sidratul muntoho»ga bordim. U yerni ranglar o‘rab olibdi, uning nimaligini bilmayman. Keyin jannatga kiritildim, u yerda gavhardan gumbaz bor bo‘lib, tuproqlari esa mushkdan ekan». 322/6. Anas ibn Molik roziyallohu anhu Molik ibn Sa’sa’adan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uyqu bilan uyg‘oqlik orasida turgan edim, ikki kishi orasida turib gapirayotgan uchinchi bir kishining so‘zlarini eshitdim. Usha kishi huzuriga olib kelindim. Tillodan bo‘lgan bir tog‘ora keltirildi. Unda zamzam suvi bor edi. Qalbimni (olish uchun ) u yeridan bu yerigacha, ya’ni qorinning pastki qismigacha yorib, qalbimni chiqarib, zamzam suvi bilan yuvib, keyin hikmat va iymon bilan to‘ldirib o‘rniga qaytarib qo‘yishdi. So‘ngra oq hayvon oldiga olib borildim. U Buroq, deb nomlanar edi. U eshakdan baland, xachirdan pastroq edi. Qadamini tashlasa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling