Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
71 «Bir payt ketayotgan edim, osmondan bir ovoz eshitib qoldim. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha Hiro g‘oridaligimda kelgan farishta ekan. Farishta yer bilan osmon oralig‘ida bir kursiga o‘tirib olgan edi. Men esa qo‘rquvdan vahimaga tushdim. Qaytib borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», desam, uydagilar ustimni yopib qo‘yishdi, shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting. Butlardan yiroq bo‘ling», deb vahiy tushishini yana davom ettirdi». Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan, lekin «Qo‘rquvdan vahimaga tushib yerga yiqildim» va «Vahiy tushishi ko‘payib, yana davom ettirildi» so‘zlari ziyoda qilingan. 316/3. Yahyo aytadilar: «Abu Salamadan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, «Men ham Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, Jobir roziyallohu anhu ham «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, u zot shunday dedilar: «Men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan narsalarini gapirib beraman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hiro g‘orida bir oy (uzlat qilib) yashadim. O’sha bir oy muddat tugaganida bir vodiyning o‘rtasiga tushdim. Nogahon kimdir menga nido qildi. Oldimga, orqamga hamda o‘ng va chap tomonimga qarab, hech kimni ko‘rmadim. So‘ngra yana chaqirildim. Qarasam, hech kim ko‘rinmadi. Keyin yana chaqirildim. Boshimni ko‘tarib qarasam, havoda kursi ustida (muallaq) Jabroil alayhissalom turibdilar. Meni qattiq titroq tutdi. Keyin Xadichaning oldilariga borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», deb aytdim. Ular ustimdan suv quyishdi. Shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting» oyatini nozil qildi», deb aytdilar», deya javob berdilar Abu Salama». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Yer bilan osmon orasida kursi ustida o‘ltirgan holda», degan so‘z ziyoda qilingan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling