Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Iymon qabul etilmaydigan fursat haqida


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

72-bob Iymon qabul etilmaydigan fursat haqida 
309/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Quyosh botadigan tomoni, ya’ni mag‘ribdan chiqmagunicha qiyomat qoim 
bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqan kuni odamlarning barchasi iymon keltiradi. Usha 
kundan oldin iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa foydasi yo‘q 
dedilar», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
310/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Uch narsa chiqsa, biror nafsga agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki 
iymonida yaxshilik bo‘lmasa, iymon keltirish foyda bermaydi: ular - quyoshning mag‘rib 
tomondan chiqishi, dajjol va yer hayvoni», dedilar. 
311/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bir kuni: «Bu quyosh qaerga ketishini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: 
«Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta u yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday turganida 
unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har 
kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach 
sajdaga egiladi. Shunday davom etib turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan 
bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. 
So‘ngra yana shu yo‘sinda yurganida odamlar undan biror narsani bilmay qolishmaydi, 
hatto u Arsh ostidagi makonida to‘xtaydi. Unga: «Botadigan tomoningdan ko‘tarilgin, 
ya’ni mag‘rib tomondan chiqqin», deyilsa, u mag‘ribdan chiqadi», dedilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Bu qachon (sodir) bo‘lishini bilasizlarmi? Bu bir kunki, o‘shal 
kunda biror jonga iymon foyda bermaydi, agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki 
iymonida yaxshilik bo‘lmasa», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
312/4. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men masjidga kirsam, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam o‘ltirgan ekanlar. Qachonki quyosh botganida: «Ey Abu Zarr! 
Bu (quyosh) qaerga ketishini bilasanmi?» degan edilar, men: «Alloh va Uning rasuli 
biluvchiroq», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta bu quyosh 
ketadi-da, borib sajda qilishga izn so‘raydi. Izn berilib, unga qaerdan kelgan bo‘lsang, 
o‘sha yerga qayt, deyilgandek bo‘ladi. Bas, u mag‘rib tomondan chiqadi», dedilar va «Va 
zalika mustaqorrun laha», deb Abdullohning qiroatidek qilib o‘qidilar». 
313/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan Allohning so‘zidagi «Quyosh o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur» oyat haqida 
so‘raganimda, u zot: «Uning qarorgohi Arsh ostidadir», dedilar». 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling