Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 roziyallohu anhu: «Abu Abdurahmon rost gapiribdi. Bu narsa men haqimda nozil bo‘lgan. Men bilan bir kishi o‘rtamizda Yamanda bir yer bor edi. Men xusumatlashib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot: «Isbotlaydigan narsang bormi?» dedilar. Men: «Io‘q», dedim. U zot: «Xusumatchining qasami bormi?» degandilar, men: «Unday bo‘lsa, qasam ichadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunda: «Kim musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, ichgan qasamida fojirlik bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», deb aytganlarida quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qimmatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir...» (Oli Imron surasi, 77-oyat)», dedilar. 281/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim molga haqdor bo‘lish uchun qasam ichsa, qasamida fojirlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», deb keyin yuqoridagi hadisda aytilganidek so‘zladilar, lekin (oxirida) «Men bir kishi bilan bir quduq xususida tortishib qoldim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (huzurlari)ga xusumatlashib borsak, u zot: «Sen guvoh olib kel yoki u qasam ichsin», dedilar», deb aytdilar. 282/4. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim haqsiz musulmon kishining moliga (ega bo‘lish uchun) qasam ichsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar. Abdulloh roziyallohu anhu: «Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tasdig‘i uchun Allohning kitobidan quyidagi oyatni o‘qidilar: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir» (Oli Imron surasi, 77-oyat)». 283/5. Voil ibn Hujr otalaridan qilgan rivoyatlarida hazramavtlik kishi va kindalik boshqa bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishdi. Hazramavtlik kishi: «Ey Allohning rasuli! Bu kishi otamdan qolgan yerga egalik qilib oldi», dedi. Kindalik kishi esa: «Bu qo‘limdagi yer bo‘lib, unda dehqonchilik qilaman. Bu yerda uning haqqi yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazramavtlik kishiga: «Senda dalil- isbot bormi?» degan edilar, u: «Io‘q», dedi. «Qasam-chi?» degan edilar, hazramavtlik: «Ey Allohning rasuli! U fojir kishi. Qasam ichgan narsasiga ahamiyat bermaydi va biror narsada taqvosi ham yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buning ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. U kishi qasam ichtirish uchun jo‘nab ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ortidan: «Agar u buning molini yeyish uchun qasam ichsa, Alloh undan yuzini o‘girgan holda Allohga yo‘liqadi», dedilar. 284/6. Voil ibn Hujr roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edim, ikki kishi kelib bir yer xususida xusumatlashdi. Ulardan biri: «Mening johiliyatdagi yerimni bu kishi tortib olyapti, ey Allohning rasuli», dedi. U Imrul Qays ibn Obis al-Kindiy bo‘lib, xusumatchisi Rabiy’a ibn Ibdon edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dalil-isboting bormi?» degandilar, u: «Dalilim yo‘q», dedi. «Uning qasami bormi?» degandilar, u: «Unday bo‘lsa, haqni olib ketadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga buning ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. Qasam ichish uchun o‘rnidan turganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yerni zulm bilan tortib olsa, Allohga Uning g‘azabini keltirgan holda yo‘liqadi», dedilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling