Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 59 58-bob. Modomiki, amalga oshmasa, Alloh ichida gapirgan yoki qalbida tukkanining gunohini kechirgani haqida 264/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo ummatimdan ichiga tukkan narsaning, modomiki gapirmasalar ski amal qilmasalar, gunohidan o‘tib yuborgandir», dsdilar. Bu yerda mazkur hadis ikki marta takror qilgan. 59-bob. Banda agar biror yaxshilikni kasd qilsa, bir yaxshilik qilgan deb yozilishi va biror yomonlikni kasd qilsa, unga yomonlik qildi, deb yozilmasligi haqida 265/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yomonlikni qasd qilsa, uni yozmanglar», deydi. «Agar o‘sha yomonlikka amal qilsa, bitta yomonlik, deb yozinglar», deydi. «Agar (banda) biror yaxshilikni bajarishga qasd qilsa-yu, unga amal qila olmasa, bitta yaxshilik bajargan, deb yozinglar», deydi. Agar unga amal qilsa, «o‘nta yaxshilik, deb yozinglar» deydi». 266/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, bir yaxshilik yozaman. Agar unga amal qilsa, o‘n barobardan yetti yuz barobargacha yozaman. Bordiyu, biror yomonlikni qasd qilib, unga amal qilmasa, unga (hech narsa) yozmayman. Agar amal qilsa, bir yomonlik yozaman», deb aytdi». 267/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar biror bandam yaxshilik qilishni aytsa, unga amal qilmasa ham, bir yaxshilik yozaman. Agar amal qilsa, o‘n barobargacha yozaman. Bordi- yu, biror yomonlikni bajarishini gapirsa, unga amal qilmasa kechirib yuboraman. Agar amal qilsa, o‘shandoq yozib qo‘yaman», dedi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar: «Ey Rabb! Mana bu bandang yomonlikni bila turib bajarishni xohlaydi», deyishsa, Alloh taolo: «Uni kuzatinglar, agar unga amal qilsa, qandoq bo‘lsa, o‘shani yozinglar. Agar tark qilsa, bir yaxshilik qildi, deb yozinglar. Chunki u Men sababli uni tark qildi», deydi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biringizning Islomi chiroyli bo‘lsa (ya’ni, haqiqiy ma’noda musulmon bo‘lsa), har bir qilgan yaxshiligiga bir barobardan yetti yuz barobargacha ziyoda qilib (savob) yoziladi. Har bir qilgan yomonligiga faqat o‘shaning o‘zi yoziladi, u shu holatida Allohga yo‘liqadi», dedilar. 268/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yaxshilikni qasd qilsa-yu, lekin unga amal qila olmasa, bitta yaxshilik bajargan, deb yoziladi. Kimki biror yaxshilikni qasd qilib, unga amal etsa, o‘n barobardan to yetti yuz barobargacha ziyoda qilinadi. Kim biror yomonlikni qasd qilsa- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling