Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 57-bob. Alloh hech kimni tokatidan tashqari narsaga taklif etmasligi haqida 262/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Samovot va yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va Uzi istagan kishini mag‘firat qilib, Uzi istagan kishini azoblaydi. Alloh hamma narsaga qodirdir» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bu oyat og‘irlik qildi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, cho‘kkalab o‘tirishdi va: «Ey Allohninig rasuli! Biz toqatimiz yetadigan namoz, ro‘za, jihod va sadaqa kabi amallarga buyurilgan edik. Endi bo‘lsa, bu tushgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar ham oldingi ikki ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar kabi: «Eshitdik va osiylik qildik», deyishni xohlaysizlarmi? Balki uning o‘rniga: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat Uzingga qaytajakmiz», deb aytinglar», deganlarida, ular: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz», deb o‘qishganida tillaridan toyilishdi. Alloh taolo uning izidan «Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz. Va eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat Uzingga qaytajakmiz», dedilar» (Baqara surasi, 285-oyat) oyatini nozil qildi. Ular bu narsani bajarishganida Alloh uni nasx qilib quyidagi oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing Xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat). Bu oyatlarni o‘qiy turib «Ha, Rabbimiz», deb aytib turishdi. 263/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi», (ya’ni qalbingizga biron narsa kirsa ham, kirmasa ham, hisob-kitob qiladi)» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Sizlar) «Eshitib itoat qildik va taslim bo‘ldik», deb aytinglar», dedilar. Bas, Alloh ularning qalblariga iymonni joylab, quyidagi oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama. (Gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing Xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga Uzing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat). Bu oyatlarni o‘qiy turib «Haqiqatda bajarganman», deb aytib turdilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling