Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob. Fitnalar zohir bo‘lishidan oldin amallarga oshiqishga targ‘ib bayoni


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

51-bob.
Fitnalar zohir bo‘lishidan oldin amallarga oshiqishga targ‘ib bayoni 
251/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Amallarni qilib qolishga zulumat kechaning parchasi kabi fitnalar kelishidan 
(oldin) shoshilinglar. Chunki o‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottiradi-da, kofir bo‘lib 
kechlatadi yoki mo‘min bo‘lib kechlatib kofir bo‘lib tong ottiradi. Dinini dunyoning ozgina 
moliga sotib yuboradi», dedilar. 
52-bob. 
Mo‘min kishining amali habata bo‘lishidan qo‘rqishi haqida 
252/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ey mo‘minlar, ovozlaringizni 
Nabiy ovozlaridan balandlatmanglar» oyati oxirigacha nozil bo‘lganida Sobit ibn Qays 
uylarida o‘tirib: «Men do‘zax ahlidan ekanman», dedilar va keyincha Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamdan o‘zlarini panada olib yurdilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam Sa’d ibn Muozdan: «Ey Abu Amr (ya’ni, Sa’d), Sobitga nima bo‘ldi, u kasalmi?» 
deb so‘rasalar, Sa’d: «U yuribdi, hech qanaqa kasali yo‘q», dedilar. Sa’d Sobitning 
oldilariga borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlarini aytganlarida, Sobit 
roziyallohu anhu: «Mana bu oyat nozil bo‘libdi. Bilasizlarki, men Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga nisbatan ovozi eng balandingizman. Shuning uchun men do‘zax 
ahlidanman», dedilar. Sa’d bu narsani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr 
qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki u jannat ahlidir», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan, lekin Sa’d ibn Muoz zikr qilinmagan 
va yana «Oldimizda jannat ahlidan bo‘lgan kishi yurishini ko‘rar edik» jumlasi ziyoda 
qilingan. 
53-bob.
Johiliyat amallari sababli jazoga tortiladimi? 
253/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir necha odam Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Bizlar johiliyatda bajargan amallarimiz 
sababli jazoga tortilamizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
Islomga kirganidan keyin chiroyli amallar qilgan bo‘lsa, jazoga tortilmaydi. Lekin kim 
yomon amallarni qilaversa, johiliyatdagi va Islomdagi ishlari uchun jazoga tortiladi», 
dedilar. 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
254/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz: «Ey Allohning rasuli! 
Johiliyatda qilgan amallarimiz sababli jazoga tortilamizmi?» deganimizda, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomga kirganida chiroyli amallar qilsa, johiliyatdagi 
amallari sababli jazoga tortilmaydi. Kim Islomga kirganidan keyin ham yomon amallarni 
bajaraversa, avvalgiyu keyingi, ya’ni johiliyatdagiyu Islomdagi amallari sababli jazoga 
tortiladi», dedilar». 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling