Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
48-bob O’lja taqsimlashdan oldin undan biror narsa olish qattiq harom ekani hamda jannatga faqatgina mo‘minlargina kirishi haqida Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 54 247/1. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: «Haybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir necha nafari kelib: «Falon kishi shahid, falon kishi shahid», deyishdi, hatto bir kishining oldidan o‘tayotib: «U ham shahid», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Io‘q, men uni do‘zaxda ko‘rdim. Chunki u o‘lja taqsimlanmasidan oldin to‘n yoki abo (choponga o‘xshash jundan tikilgan kiyim)ga xiyonat qilgan», dedilar. So‘ngra u zot yana: «Ey Ibn Xattob! Odamlar oldiga borib, jannatga faqat mo‘minlar kirishini aytib jar solgin», dedilar. Men chiqib: «Ogoh bo‘ling! Jannatga faqat mo‘minlargina kirishadi», deb qichqirdim». 248/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Haybarga chiqqanimizda Alloh bizga u yer fathini nasib etdi. Kumush va tilla tangalarni o‘lja qilmagan bo‘lsak-da, mato, taom va kiyimlarni qo‘lga kiritdik. Keyin vodiyga bordik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir qullari ham bor edi. Uni Juzom qabilasidagi Bani Zubayb avlodidan Rifo’a ibn Zayd degan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bergan edi. Biz vodiyga tushganimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qullari turib ulovini yechayotgan edi, bir nayza kelib uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Biz ohistagina: «Ey Allohning rasuli! U shahid bo‘ldi», dedik. Shunda u zot: «Io‘q, Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, Haybar kuni taqsimotdan oldin o‘ljadan olgan choponi o‘t bo‘lib yonmoqda», dedilar. Odamlar bundan qo‘rqib ketishdi, bir kishi shippakning bir (yoki ikki) ipini olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Men uni Haybar kuni qo‘lga kiritgan edim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir ip do‘zaxdandir (yoki ikki ip do‘zaxdandir)», dedilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling