Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-bob Kabira gunohlarning eng ulkani haqida
37-bob
Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng ulkan gunohlarning bayoni 205/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi gunoh Alloh huzurida katgaroq?» deb so‘rasam, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilmog‘ing», dedilar. Men: «Haqiqatda bu ulkan gunoh, so‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin bolalaringning sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar». Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 46 206/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat). 38-bob Kabira gunohlarning eng ulkani haqida 207/1. Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot: «Sizlarga kabira gunohlarning ulkani haqida xabar beraymi?» deb uch bora aytdilar-da, (so‘ng) «Allohga (biror narsani) sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, yolg‘on guvohlik yoki yolg‘on so‘z», dedilar. Bu so‘zni gapirayotganlarida suyanib turgandilar, o‘tirib oldilar. Bu so‘zni qayta- qayta takrorlardilar. Biz esa, u zot jim bo‘lsalar-ku, deb umid qilardik». 208/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabira gunohlar haqida gapira turib: «Ular Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on so‘z», dedilar. Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabiralarni esladilar yoki kabiralar haqida so‘raldilar. «Allohga shirk keltirish, odam o‘ldirish, ota-onaga oq bo‘lish», deb aytdilar. Yana: «Gunohi kabiralarning kattasi haqida xabar beraymi?» dedilar. So‘ngra: «Yolg‘on so‘z» yoki «Yolg‘on guvohlik berish», deb aytdilar. Hadisdagi «Yolg‘on guvohlik berish», degan so‘zga gumonim ko‘proq». 209/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Halokatga eltuvchi yetti amaldan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «1. Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa (ya’ni, had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda) zarari yo‘q. 4. Yetimning molini yeyish. 5. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Iffatli, fohishalikdan uzoq, mo‘mina ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar. 210/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, kishi birovning otasini so‘kadi. Keyin u ham buning otasini so‘kadi. Birovning onasini so‘ksa, u ham uning onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi.) Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling