Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Xojasi izmidan qochib ketgan qulning kofir deb atalgani haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
31-bob
Xojasi izmidan qochib ketgan qulning kofir deb atalgani haqida 184/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot quyidagicha rivoyatni eshitganlar: «Qaysi bir qul o‘z xojasi izmidan qochib ketsa, to qaytib kelgunicha kofir bo‘libdi». Ushbu hadis roviylaridan biri Mansur: «Allohga qasamki, haqiqatda bu hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Lekin men bu yerdan turib (ya’ni, Basradan) rivoyat qilinmog‘ini karih ko‘raman», dedilar. 185/2. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir qul (xojasi izmidan) qochib ketsa, undan himoya ko‘tarilibdi», dedilar. 186/3. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochib ketsa, uning namozi qabul qilinmaydi», dedilar. 32-bob «Yulduzlar almashuvi sababli bizga yomg‘ir yog‘di», deb aytgan kishining kofir bo‘lishi haqida 187/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyyada tungi yomg‘ir so‘nggidan bomdod namozini o‘qib berdilar. Uqib bo‘lgach olamlarga yuzlandilar-da: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Odamlar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Alloh): «Bandalarim Menga mo‘min va kofir holda tong ottirishadi. Kim «Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi», desa, Menga mo‘min bo‘lib, yulduzlarga kofir bo‘libdi. Ammo kim yulduzdagi unday yoki bunday narsa sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, Menga kofir, yulduzga mo‘min bo‘libdi», deydi», dedilar. 188/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz nima deb aytganiga qaramaysizlarmi? «Men bandalarimga ne’matlar ato etsam, ulardan bir toifasi kofir bo‘lib tong ottirishadi. Yulduzlar va yulduzlar sababli (yomg‘ir yog‘di), deyishgani uchun shunday bo‘lishdi», dedi», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 43 189/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo osmondan barakasini tushirsa, odamlardan bir firqa o‘sha narsa sababli kofir bo‘ladi. Chunki Alloh taolo ularga yomg‘ir tushirsa, ular yulduzdagi u yoki bu sababli yomg‘ir yog‘di, deb aytishadi», dedilar. Lekin Murodiy ismli roviyning hadisida «Falon-fiston yulduz sababli yomg‘ir yog‘di» bo‘lib kelgan. 190/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida odamlarga yomg‘ir yog‘dirildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlardan ba’zilari shukr qiluvchi va ba’zilar kofir bo‘lishdi», dedilar. Chunki ba’zilari: «Bu yoqqan yomg‘ir Allohning rahmatidir», deyishdi va ba’zilar: «Yulduzdagi u yoki bu narsa o‘zgarishi sababli yomg‘ir yog‘di», deyishdi. Keyin quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, (hattoki) sizlar (Qur’onni) yolg‘on, deyish(dek badbaxtlik)ni o‘zlaringizning rizq- nasibalaringiz qilib olursizlarmi?» (Voqea surasi, 75-82-oyatlar.) Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling