Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Kim tavhid aqidasiga binoan vafot etsa, qat’iy jannatga kirishi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
10-bob
Kim tavhid aqidasiga binoan vafot etsa, qat’iy jannatga kirishi haqida 123/1. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligini bilib vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 124/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululoh sollallohu alayhi vasallam bilan yo‘lda ketayotgan edik, qavmning ozuqasi tugab qoldi. Hatto qavmdagi ba’zi kishilar yuk tashib turgan ulovlarini so‘yishga qasd qilishdi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Qavmdagi qolgan ozuqalarni jamlab, Alloh o‘sha narsalarga baraka berishini so‘rab duo qilsangiz», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining maslahatiga ko‘ndilar. Keyin bug‘doyi borlar bug‘doy olib kelishdi. Xurmosi borlar xurmo olib kelishdi. Mujohid roziyallohu anhu: «Danagi borlar danak olib kelishdi», deganlarida, men: «Danakni nima qilishadi?» desam, u zot: «Undagi suvni shimib ichishadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga (baraka tilab) duo qildilar. Hatto qavmning ozuqa (idishlari) to‘lib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Guvohlik berib aytamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Allohning rasulidirman. Qaysi banda mana shu ikki narsaga shak qilmay vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar». 125/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu yoki Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. (Roviy shak qilganlar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchasi odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeymiz, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu kelib: «Ey Allohning rasuli, agar bunday qilishga izn bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar va uni to‘shadilar. So‘ngra zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarni olib kelishga buyurdilar. Kimdir kaftida makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir bir bo‘lak narsa olib keldi. Haligi charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘plangan narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda shubha qilmagan holda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, jannatdan to‘silmaydi», dedilar. 126/4. Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ashhadu an la ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluhu...», ya’ni «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling