Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob Modomiki, o‘lim g‘arg‘arasi kelmagan ekan, o‘limi yaqinlashgan kishining Islomni qabul qilishi durust ekaniga dalil hamda mushriklarga istig‘for joiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 ular bilan urushishga buyurildim. Agar uni bajarishsa, ular qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Uning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisoblari (ya’ni, botinlari) Allohga havoladir», dedilar. 119/6. Abu Molik otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsaga kufr keltirsa, uning moli va qoniga tegish harom. Hisobi (ya’ni, botini) esa Allohga havoladir», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 9-bob Modomiki, o‘lim g‘arg‘arasi kelmagan ekan, o‘limi yaqinlashgan kishining Islomni qabul qilishi durust ekaniga dalil hamda mushriklarga istig‘for joiz, deyilgan gapning nasx qilingani va kim mushrik bo‘lib vafot etsa, do‘zax ahlidan ekani, uni biror vosita saqlay olmasligi bayoni 120/1. Sa’id ibn Musayyab otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Tolib o‘lim bo‘sag‘asida yotganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kirdilar. Qarasalar, oldida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyralar bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey amaki! «La ilaha illalloh», deb ayting, Alloh huzurida sizga guvoh bo‘laman», dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Umayyalar: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan (ya’ni, dinidan) yuz o‘girasanmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga yuqoridagi so‘zlarni bildirib qaytaraverdilar, ammo Abu Tolibning oxirgi so‘zi «Abdulmuttalib millatidaman (ya’ni, dinidaman)», deyish bo‘ldi. Ya’ni, «La ilaha illalloh» deyishdan bo‘yin tovladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar man qilinmasam, haqqingizga istig‘for aytaman», dedilar. Keyin Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar, agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lgandan keyin, u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir» (Tavba surasi, 113-oyat). Alloh taolo Abu Tolib haqida quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir» (Qasos surasi, 56-oyat). Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 121/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari o‘lim bo‘sag‘asida yotganida unga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari bo‘yin tovladi. Shunda Alloh taolo «Siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz» oyatini nozil qildi. 122/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam amakilariga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari: «Agar meni Quraysh zaifligi majbur qilibdi-da, deb ayblashmaganida, men sizni (aytgan so‘zingizni qabul qilib) mamnun etar edim», Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 30 dedi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh Uzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur» (Qasos surasi, 56-oyat). Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling