Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

4-bob  
Ishonchsiz kishilardan rivoyat qilishdan qaytarish va ulardan hadis olishda 
ehtiyot bo‘lish haqida 
12/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va na 
otalaringiz eshitmagan hadislarni aytishadi. Sizlar bunday qilishdan saqlanib, o‘zingizni 
ulardan yiroq tuting», dedilar. 
13/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Oxir zamonda yolg‘onchi dajjollar paydo bo‘lishadi. Ular na sizlar va na 
otalaringiz eshitmagan hadislarni olib kelishadi. Bas, ulardan chetlanib, o‘zingizni 
ulardan yiroq tuting. Sizlarni adashtirib, fitnalantirib qo‘ymasin», dedilar. 
14/3. Omir ibn Abadadan rivoyat qilinadi. Abdulloh roziyallohu anhu: «Albatta shayton 
bir kishi suratida gavdalanadi. Bas, u bir qavmga kelib, ularga yolg‘on hadislarni aytadi, 
shunda ular tafriqa qilishadi. Ulardan bir kishi: «Bir odamdan eshitdim, uning yuzini 
taniyman-u, ammo ismini bilmayman, o‘sha hadis aytdi», deydi», dedilar. 
15/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhu: «Albatta dengizga qamab qo‘yilgan 
shaytonlar bor. Ularni Sulaymon alayhissalom mahkamlab bog‘lab qo‘yganlar. Ularning 
chiqib, kishilarga Qur’on o‘qib berishi tez kunda sodir bo‘ladi», dedilar. 
(Izoh: Aslida o‘qigan narsasi Qur’ondan bo‘lmaydi, lekin odamlarni adashtirish uchun 
Qur’ondan, deb o‘qiydi). 
16/5. Tovusdan rivoyat qilinadi. Bushayr ibn Ka’b Ibn Abbos roziyallohu anhu 
huzurlariga kelib, hadis ayta boshladilar. Shunda Ibn Abbos u kishiga: «Falon hadisga 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
qayt», dedilar. U kishi unga qaytdilar. So‘ngra hadis aytdilar. Va yana falon va falon 
hadisga qayt, dedilar. Bas, u kishi o‘sha hadisga qaytib: «Aytgan hadislarimning 
hammasini tan olib, buni inkor qildingmi yoki aytgan hadislarimning barchasini inkor 
qilib, buni tan oldingmi, bilolmay qoldim», deganlarida, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilar edik, chunki unga yolg‘on 
kiritilmas edi. Qachonki, odamlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib 
ketishganidan (ya’ni, yaxshi va yomon yo‘lning farqi qolmaganidan) keyin u zotdan 
hadis aytishni tark qildik», dedilar. 
17/6. Tovusning o‘g‘illari undan qilgan rivoyatda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz hadis 
yodlar edik. Hadis faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yodlanar edi. Ammo 
sizlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketganingizdan keyin 
(hadisingizga ishonish) juda qiyin», dedilar. 
18/7. Mujohiddan rivoyat qilinadi. Bushayr al-Adaviy Ibn Abbos roziyallohu anhu 
huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday deganlar, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar, deb gapira boshladi. Ibn Abbos uning gapiga 
quloq ham tutmadilar va unga qarab ham qo‘ymadilar. Shunda u: «Ey Ibn Abbos, nima 
bo‘ldi, hadisimga quloq solmayapsiz, sizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis 
rivoyat qilsam, eshitmayapsiz, gapirsam, unga quloq tutayotganingizni ko‘rmayapman», 
deganida, Ibn Abbos: «Biz ilgari agar biror kishidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar, degan so‘zni eshitsak, ko‘zlarimiz (uni ko‘rishga), quloqlarimiz esa eshitishga 
shoshardi. Qachonki, kishilar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib 
ketishganidan keyin odamlardan faqatgina bilgan narsalarimizni oldik, xolos», dedilar.
19/8. Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos roziyallohu anhuga bir (maktub) 
yozib, mendan maxfiy bo‘lib qolgan narsalar xususida bir kitob yozib berishlarini 
so‘radim. Shunda u zot: «Bu samimiy bola, men unga maxfiy bo‘lib qolgan narsaning 
xabarini beraman», dedilar. Ali roziyallohu anhuning qilgan hukmlarini olib kelishni 
buyurdilar. Va undan ba’zi narsalarni yozib va ba’zi narsani (yozmasdan) o‘tib (tashlab) 
ketdilar. «Allohga qasamki, Ali roziyallohu anhu bu bilan hukm qilmaganlar. Bunday 
hukmni faqat adashgan kishi qiladi», deb aytdilar». 
20/9. Tovusdan rivoyat qilinadi. Ibn Abbos roziyallohu anhuga Ali roziyallohu anhu 
hukmlari yozilgan kitob keltirildi. Ibn Abbos roziyallohu anhu undan bir miqdorini 
qoldirib, qolganini o‘chirdilar. Sufyon ibn Uyayna o‘sha miqdorni bilaklari bilan ishora 
qilib ko‘rsatdilar. 
21/10. Abu Ishoqdan rivoyat qilinadi. Ali roziyallohu anhudan keyin ana shu narsalarda 
(rofiza va shia kabi firqalar) yangilik olib kelishganda, Ali roziyallohu anhuning 
yaqinlaridan biri: «Alloh ilmni fasod qilganlarni halok etsin», dedi.
22/11. Mug‘iyra: «Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis tasdiqlanmas edi. 
Faqatgina Abdulloh ibn Mas’ud shogirdlari orqali qilingan bo‘lsagina, tasdiqlanar edi», 
dedilar. 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling