Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarning guruhlanishi va


Download 213.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana25.01.2023
Hajmi213.89 Kb.
#1119369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarning guruhlan (1)



SHOVQIN VA TITRASHDAN HIMOYALANISH
TEXNIK VOSITALARNING GURUHLANISHI VA
TUZILISHI.
Reja:
1. Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish.
2. Shovqinga qarshi kurash usullari.
3. Shaxsiy himoya vositalari.
4. Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish. 
1


Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda kushilib
eshitilish shovqin deb ataladi. Tovush fizik xolat sifatida havoda, suvda va boshka
tarang muxitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon xarakatlardan iboratdir. U tovush
chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida xosil bo’ladi va bizning eshitish
organimiz tomonidan kabul qilinadi. 
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada ogrik
turgizadi va kulok shangib asab sistemasiga xam yomon ta’sir kiladi. Ayniksa fikrni
tuplab, akliy ish bilan shugullanishiga imkon bermaydi, bo’tun dikkat-e’tiborni berib
ishlash lozim bulsa, ish kobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq
vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini
ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniksa kattik va kuchli tovushlar, shunigdek
tuxtovsiz ravishda bir xilda chikib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir kiladi. 
Shovqin ta’srida turli a’zorlar va sistemalarning, masalan xazm qilish (oshkozon
shirasi sekretsiyasining uzgarishi), kon aylanishi (kon bosimning ko’tarilishi) va shunga
uxshashlarning normal faoliyati buziladi.
Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi: 
1. Sanoat shovqin.
2. Transport shovqini.
3. Maishiy shovqinlar. 
Shu bilan birga gaz va suyukliklarning xarakati natijasida xam shovqin chiqishi
mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. 
To’qimachilik sanoati korxonalari xam bundan mustasno emasdir. Shovqin
darajasi yukori bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “shovqin
kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashni
natijasida “vibratsion kasalik” xam uchrab turadi. 
Shovqin, titrash va ultra-infratovush kattik jism, gaz hamda suyuklik moddiy
qismlarning mexaniq tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortik
bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-infratovushlari muntazam
ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir qilib, keyinchalik ogir kasbiy
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalakit beradigan xar kanday
tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar
odamning axvoliga yomon ta’sir kiladi, tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi
ishini buzadi. 
Pilla pishitish fabrikalarida baland shovqin texnologik uskunalar sistemasidagi
barabanli MSH-3, M-170 SHL, M-210-SHL, TKM-8, TK-2, TK-136-SHL, KE2-145-
SHL, KE-175-SHL, DM-3, MG-2 kalibrlash mashinalari, dvigatellari va konditsioner
ishlayotganida yuzaga keladi. Xavfsizlikning umumiy talablari, “GOST 12.1.003-88
MXSM”. Shovqindan himoyalash vositalari va usullariga barcha shovqinlar mexaniq
aerodinamik elektromagnit, gidrodinamik, havo va tuzilishdagi shovqinlarga ajratiladi. 
Eshitish infratovush bilan ogrikning boshlanishi urtasidagi oralik bulib, u taxminan
140 dB ni tashkil etadi 
2



Download 213.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling