Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
6 qildik. Chunki, ko‘plab muhaddislarning rivoyatlari ana shunday illatlardan holidir. Bunday kishilarning xabarlarini keltirgach, ular orqasidan sanadida unchalik noziklik va hoziqlik bo‘lmagan rivoyatlarni zikr etishga ham to‘g‘ri keladi. Bundaylar safiga rostgo‘ylik, ilm va sofdillikda tan olingan Ato ibn Soib, Yazid ibn Abu Ziyod va Lays ibn Abu Sulaym kabi asarlarni yetkazuvchi va xabarlarni naql qiluvchi kishilarni kiritish mumkin. Ularning ilm va soflikda fazilatli, ahli ilm o‘rtasida taniqli ekanliklarini tan olsak- da, boshqa ba’zi muhaddislar rivoyatdagi istiqomat va mohirliklari tufayli ularning maqom va martabalarini afzalroq deb bilinadi. Chunki istiqomat va mohirlik ilm ahli huzurida baland daraja va yuqori xislatdir. Agar yuqorida zikr etilgan uch kishi, ya’ni Ato, Yazid va Layslarni boshqa uch muhaddis Mansur ibn Mu’tamir, Sulaymon al-A’mash va Ismoil ibn Abu Xolidlarga solishtiradigan bo‘lsak, hadisning istiqomati va aniqligida katta farq borligi, bu borada ularga tenglasha olmasliklari ayon bo‘ladi. Shak-shubha yo‘qki, hadis ilm ahli nazdida Mansur, A’mash va Ismoillar rivoyat qilgan hadislarida aniqlik bor, lekin Ato, Yazid va Layslar rivoyatida bu darajada aniqlik uchratilmaydi. Agar zamondosh ulamolardan Ibn Avn va Ayub Sixtiyoniyni yana ikki muhaddis Avf ibn Jamila va Ash’as al-Humroniylarga solishtiradigan bo‘lsak, keyingi ikki olim avvalgi ikkovi kabi mavqedadir. Ammo avvalgi ikki kishi bilan keyingi ikkovlon o‘rtasida fazilatda hamda hadislarni naql qilishdagi sahihlik (ishonarlilik)da farq bordir. Avf va Ash’as ilm ahliga xos rostgo‘ylik va omonatdorlikdan chetlatilgan emas. Lekin, biz ilm ahlini nazdidagi holatlarni zikr etdik. Ularning ism-shariflarini keltirishdan maqsadimiz - ilm ahli tutgan yo‘lni bayon etish, xolos. Qadr – qimmati oliy kishilar darajasidan pastlatilmaydi, ilmda qadri past kishilar oliy martabalarga ko‘tarilmaydi. Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga odamlarni o‘z o‘rniga qo‘yishni amr qildilar». Qur’oni karimda marhamat etiladi: «Har bir ilm sohibining ustida (undan ustunroq) bilimdon bordir». (Yusuf surasi, 76 – oyat mazmuni). Biz ana shu fikrlarni zikr etish bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam naql etilgan xabarlar borasida so‘raganlaringga javob berishga harakat qildik. Kitobda hadis ahli nazdida zaiflikda ayblangan kishilarning rivoyatini keltirish bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirmadik. Bular - Abdulloh ibn Misvor, Amr ibn Xolid, Abdulquddus Shomiy, Muhammad Said al- Maslub, G’iyos ibn Ibrohim, Sulaymon ibn Amrlardir. Ular va ularga o‘xshagan ayrim kishilar hadislar to‘qish va xabarlarni urchitib ko‘paytirishda ayblanishgan. Agar rivoyat qilgan hadisining ko‘p qismi ana shunday bo‘lsa, uning hadisi maqbul emas va amaldan qolgandir. Mana shunday muhaddislar qatoriga Abdulloh ibn Muharrar, Yahyo ibn Abu Unaysa, Jarroh ibn Minhol, Abbod ibn Kasir, Husayn ibn Abdulloh, Umar ibn Suhbonlar kirishadi. Ana shular kabi rivoyatlari inkor qilinganlarning hadislari ustida to‘xtalmaymiz va mashg‘ul bo‘lmaymiz. Chunki muhaddis rivoyat qilgan hadisining ilm ahli qabul qiladigan hukmiga ko‘ra, o‘sha muhaddis ilm ahli orasidagi ishonchli kishilarga qo‘shilib yurishi, ular rivoyat qilgan hadislarining ba’zilarini yod olishi va o‘z rivoyatining ular bilan muvofiq bo‘lishga diqqat-e’tiborini qaratishi lozim edi. Endi shu shartlar topilsayu, so‘ngra biror narsani ziyoda qilgan bo‘lsa ziyoda qilingan narsa ashoblarida bo‘lmasa ham qabul qilinaveradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling