Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Avratga nazar solishning haromligi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-bob Avratni (ko‘z tushishidan) saqlab, unga ahamiyatli bo‘lish haqida
17-bob Avratga nazar solishning haromligi haqida
600/1. Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishi erkak kishining avratiga qaramaydi. Ayol kishi ayol kishining avratiga qaramaydi. Bir kiyim ichida erkak kishi erkak kishiga badanini tekkizmaydi. Bir kiyim ichida ayol kishi ayol kishiga badanini tekkizmaydi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat arabchadagi «avrat» so‘zi o‘rniga «uryatu» so‘zi kelgan. 18-bob Yakka turilganda yalang‘och g‘usl qilish joiz ekani haqida 601/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 133 vasallam: «Bani Isroil (qavmi) yalang‘och yuvinib, bir-birlarining avratlariga qarayverishar edi. Muso alayhissalom esa yakka o‘zlari g‘usl qilardilar. Qavmdagilar: «Muso alayhissalomning biz bilan birga yuvinishdan faqatgina dabba ekani man qiladi, xolos», deyishdi. Kunlarning birida g‘usl qilayotib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ygandilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom: «Kiyimimni tosh (olib ketdi), kiyimimni tosh (olib ketdi)», deb uning ortidan tez yugurdilar. Bani Isroil qavmi Muso alayhissalom avratlarini ko‘rib qolib: «Alloh nomiga qasamki, Musoda kasallik yo‘q ekan», deyishdi. Tosh qo‘zg‘algan edi, u zotga nazar solindi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib toshni ura boshladilar», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Toshning oltita (urilgan) o‘rni yoki Muso alayhissalom toshni yetti marta urdilar», deb aytdilar. 19-bob Avratni (ko‘z tushishidan) saqlab, unga ahamiyatli bo‘lish haqida 602/1. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ka’ba bino qilinayotganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abbos roziyallohu anhu toshni tashishar edi. Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga toshdan saqlanish uchun «Izoringizni yelkangizga qo‘yib oling», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerga yiqilib, ko‘zlarini osmonga qaratdilar-da, so‘ngra o‘rinlaridan turib: «Izorim, izorim», deb izorlarini mahkamladilar. Ibn Rofe’ning rivoyatlarida «elka» so‘zi o‘niga «gardan» bo‘lib kelgan. 603/2. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba ahli bilan birga Ka’ba qurilishi uchun tosh tashirdilar. U zotning izorlari bor edi. Amakilari Abbos roziyallohu anhu: «Ey jiyanim, izoringizni yechib, tosh bilan yelkangiz orasiga qo‘yib oling», degandilar, u zot uni yechib yelkalariga qo‘ygandilar, hushsiz bo‘lib yiqilib tushdilar. (Ana shu yiqilganlaridan so‘ng) bu kundan (hech kim) u zotni boshqa yalang‘och holda ko‘rmadi. 604/3. Misvar ibn Mahrama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men og‘ir toshni ko‘tarib ketayotganimda (badanimda) yengilgina izorim bor edi. U yechilib ketdi, toshni o‘z o‘rniga yetkazib bormagunimcha uni yerga qo‘yishga qodir bo‘lmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimingning (ya’ni, izoringning) oldiga borib, uni kiygin, yalang‘och holda yurmagin», dedilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling