Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Burunga suv olish va tosh bilan orqani artishda toq bajarish haqida


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

8-bob Burunga suv olish va tosh bilan orqani artishda toq bajarish haqida 
437/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan birortangiz orqasini artish uchun tosh ishlatadigan bo‘lsa, toq 
ishlatsin. Agar tahorat qilsa, burniga suv olib, uni dimog‘igacha yetkazsin», dedilar. 
438/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bir nechta hadis zikr qildilar. Ulardan biri: «Agar sizlardan biringiz tahorat 
qilsa, burni bilan nafas olib, uning teshigidan suv kirgizib, so‘ngra dimog‘iga yetkazsin», 
dedilar. 
439/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimki tahorat qilsa, dimog‘iga suv yetkazsin. Kimki tosh ila orqasini artsa, 
toq bajarsin», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
440/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onsa, uch marta dimog‘iga suv 
yetkazsin. Chunki shayton insonning dimog‘ida tunaydi», dedilar. 
441/5. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz orqasini tosh ila artsa, toq bajarsin», dedilar. 
9-bob Ikki oyokni mukammal yuvishning shartligi haqida 
442/1. Shaddodning qullari Solim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Sa’d ibn 
Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etgan kunlari Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning xotinlari Oisha roziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Abdurahmon ibn 
Abu Bakr roziyallohu anhu ham kirib, u onamiz huzurlarida tahorat qildilar. Shunda 
Oisha roziyallohu anho: «Ey Abdurahmon! Tahoratingni mukammal qil! Chunki men 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) 
do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar». 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling