Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Hojatxonaga kirishni xohlaganda aytiladigan narsalar
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
32-bob Hojatxonaga kirishni xohlaganda aytiladigan narsalar
652/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar hojatxonaga kirsalar (Hushaymning rivoyatlarida «to‘sib qo‘yilgan joyga kirsalar» bo‘lib kelgan), «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xaboisi», deb aytardilar. (Manosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan Sening noming bilan panoh tilayman».) Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Sening noming bilan bilan» o‘rniga «Allohning nomi bilan» bo‘lib kelgan. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 142 33-bob O’tirib uxlagan kishining tahrrati buzilmasligiga dalil haqida 653/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Namozga iqomat aytildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bir kishi bilan xufyona (ya’ni, pichirlab) gaplashib turaverardilar (Abdulvorisning rivoyatlarida «Allohning nabiysi bir kishi bilan pichirlashib gaplashayotgandilar» bo‘lib kelgan). Namozni ado etish uchun o‘rinlaridan turavermadilar, hatto qavmdagi kishilar uxlab qolishdi. 654/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Namozga iqomat aytilganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishi bilan pichirlashib gaplashib turaverdilar. Ular gaplashishda bardavom bo‘laverishganidan sahobalar uxlab qolishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning huzurlariga kelib namoz o‘qib berdilar. 655/3. Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Anas roziyallohu anhuning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari uxlab, so‘ngra namoz o‘qib, tahorat qilishmas edi», deb aytganlarini eshitdim», deganlarida, Shu’ba roziyallohu anhu: «(Haqiqatda) Anas roziyallohu anhudan eshitdingizmi?» dedilar. Shunda Qatoda: «Ha, Alloh nomiga qasam, eshitdim», dedilar. 656/4. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Xufton namoziga iqomat aytilganida bir kishi ishim chiqib qoldi, dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa o‘rinlaridan turib (bir kishi bilan) pichirlashib gaplashib turaverdilar. Hatto qavm yoki qavmdagi ba’zi kishilar uxlab qoldilar. So‘ngra (turib) namoz o‘qishdi. (Bizning hanafiya mazhabimizda agar kishi biror narsaga suyanib uxlab qolsa-da, o‘sha suyangan narsasini olib qo‘yilganda yiqilib tushsa, tahorati buziladi. Agar suyanmay uxlasa, tahorati buzilmaydi... - tarj.) Online o’qish: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.0 Internet uchun Diniyor va Laylo tayyorlagan. www.ziyouyz.com 2007 Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling