Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Bavl qilayottanda to‘sinib turish haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
20-bob Bavl qilayottanda to‘sinib turish haqida
605/1. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida meni mingashtirib olib, bir sirli gap aytdilar. Men uni odamlardan birortasiga aytmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun hojat chiqarayotganlarida to‘sish uchun eng mahbub bo‘lgan narsalar do‘nglik yoki xurmo chakalakzori edi», dedilar. 21-bob Islomning ilk davrida jimo’ g‘uslni shart kilib qo‘ymasligi, faqat maniy tushsagina, shart ekani hamda (keyinchalik) bu hukm nasx bo‘lib (amaldan qoldirilib), jimo’ (xoh maniy tushsin, xoh tushmasin) g‘uslni shart kilib qo‘yishi Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 134 haqida 606/1. Abdurahmon ibn Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: «Dushanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Qubo nomli joyga borish uchun (uydan) chiqdik. Bani Salim qabilasi oldiga yetib borganimizda u zot Itbon (Ibn Molik)ni eshigi oldida turib chaqirgandilar, u kishi ishtonlarini sudrab chiqib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini shoshiltirib qo‘yibmiz-ku!» degandilar, Itbon roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bir kishi xotini bilan qovushgan-u, lekin maniysini to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?» dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir (ya’ni, maniy suvi uchun g‘usl lozim)», dedilar», deb aytdilar. 607/2. Abulalo ibn Shixxir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qur’ondagi ba’zi oyatlar ba’zisini nasx qilgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining ba’zisi ba’zisini nasx qiladi», dedilar. 608/3. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ansoriy kishining (uyi) oldidan o‘tayotib, uni chaqirib chiqish uchun odam yubordilar. U ansoriy chiqqan paytda boshidan suv tomchilab turardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz seni shoshiltirib qo‘ydik, shekilli-a?» desalar, u ansoriy: «Ha, ey Allohning rasuli», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shoshiltirilsang, maniyni to‘kmagan bo‘lsang, g‘usl shart emas, balki tahoratning o‘zi kifoya qiladi», dedilar. Ibn Bashshor rivoyatlarida majhul ko‘rinishda kelgan. 609/4. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Bir kishi xotini bilan jinsiy qovushsa-da, lekin maniysini to‘kmasa, nima qiladi?» deb so‘rasam, u zot: «Xotinidan yetgan (suvni) yuvib, keyin tahorat qilib, namoz o‘qiyveradi», dedilar». 610/5. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliga jinsiy qovushib, lekin maniysini to‘kmaydigan kishi haqida gapirib: «U kishi olatini yuvib, tahorat oladi, (xolos)», dedilar. 611/6. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir, ya’ni maniy suvi chiqsa, suv bilan g‘usl qilish lozim», dedilar. 612/7. Zayd ibn Xolid al-Juhayniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Usmon roziyallohu anhudan: «Agar kishi xotinini jimo’ qilsa-da, lekin maniysi tushmasa, nima qiladi?» deb so‘raganlarida, Usmon roziyallohu anhu: «Olatini yuvib, namozga tahorat olgani kabi tahorat qiladi, men buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Foyda: demak maniy tushmasa, g‘usl shart emas, deb aytilgan so‘z nasx, ya’ni amaldan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling