Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Istihoza qoni ko‘rgan xotin, uning g‘usl qilishi va namozi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
14-bob Istihoza qoni ko‘rgan xotin, uning g‘usl qilishi va namozi haqida 589/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Fotima binti Abu Hubaysh Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Men istihoza qoni ko‘raman-da, pok bo‘lmayman, shunda namozni tark qilamanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Io‘q, bu narsa (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir, hayz qoni emasdir. Agar bordi-yu, hayz qoni kelsa, namozni tark qilgin. Hayz qoni to‘xtasa, qonni o‘zingdan ketkazib (g‘usl qilgin-da), namozingni o‘qigin», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 131 590/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Men istihoza qoni ko‘rib turaman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’usl qilgin-da, so‘ngra namoz o‘qigin», dedilar. Ummu Habibaga barcha namoz oldidan g‘usl qilish odat edi. Lays ibn Sa’d roviylardan biri Ibn Shihobni zikr etmasdan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Habiba binti Jahshga har namoz oldidan g‘usl qilishni buyurdilar. Lekin bu narsani faqat u o‘zi bajarar edi», dedilar. (Demak, bu narsa faqat Ummu Habiba uchun xos ekan... - tarj.) Ibn Rumhning rivoyatlarida Ummu Habiba so‘zini zikr qilmay, Ibnatu Jahsh deb aytish bilan kifoyalanganlar. 591/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari tomonidan bo‘lgan qarindoshlari (xotinlari Zaynab binti Jahshning singillari), Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh yetti yil hayz ko‘rib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa hayz qoni emas, lekin bu (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir. Bas, sen g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «U singlisi Zaynab binti Jahshning xonasida tog‘orada g‘usl qilar, hatto suv ustiga qonning qizil rangi chiqib qolar edi», dedilar. Ibn Shihob: «Men bu haqda Abu Bakr ibn Abdurahmonga gapirsam, u zot: «Alloh Hindni rahm qilsin, agar bu fatvoni tirikligida eshitganida, Alloh nomiga qasam, yig‘lar edi. Chunki u mana shunday holatda namoz o‘qimas edi», dedilar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta Ibn Shihobning so‘zlariga takror kelgan. 592/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qon haqida so‘radi. Oisha: «Men uning tog‘orasi qonga to‘lganini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar. 593/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (oqayotgan) qonidan shikoyat qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilgin», dedilar. U har namoz oldidan g‘usl qilardi. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling