Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Janobat sababli g‘usl qilayotganda ishlatish mahbub bo‘lgan mikdrrdagi
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
10-bob Janobat sababli g‘usl qilayotganda ishlatish mahbub bo‘lgan mikdrrdagi
suv, erkak va xotin bir holat sababli bir idishda yuvinishi hamda biri ikkinchisidan ortib kolgan suv ila g‘usl kilishi haqida 568/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga janobat yetib qolsa, faraq nomli idishda g‘usl qilardilar. 569/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faraq nomli idishda g‘usl qilardilar. U zot va men bir idishda g‘usl qilar edik». Sufyonning rivoyatlarida «bir idishdan yuvinardik» bo‘lib kelgan. Sufyon roziyallohu anhu: «Faraq - u uch so’ suv sig‘adigan idishdir», dedilar. 570/3. Abu Salama ibn Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men va Oisha roziyallohu anhoning emikdosh inilari Oisha onamiz huzurlariga kirdik. Inilari u onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli qiladigan g‘usllari haqida so‘radi. Shunda Oisha roziyallohu anho bir so’ miqdoridagi suv sig‘adigan idishni keltirishni buyurtirib, u kelganida g‘usl qildilar. Ushanda u onamiz bilan bizning o‘rtamizda parda bor edi. U onamiz boshlari ustidan uch marta suv quydilar». Roviy: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xotinlari boshlaridagi sochlarini bir tutam qilib olardilar», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 128 571/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar g‘usl qilsalar, o‘ng tomondan yuvishni boshlab, unga suv quyib yuvardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chiqargan kirlari ustiga suv quyib, uni chap qo‘llari bilan yuvardilar. Agar bundan forig‘ bo‘lsalar, boshlari ustidan suv quyardilar. Oisha roziyallohu anho: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik», dedilar. 572/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam uch mud suv sig‘adigan yoki shunga yaqin idishda birgalikda g‘usl qilishar edi. 573/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetganida bir idishda g‘usl qilar edik. Unda qo‘limiz (u idishga) farqli ravishda (kirib-chiqar) edi», dedilar. 574/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik. U idish men bilan u zotning o‘rtalarida turar edi. U zot tezlashib ketsalar, menga ham qoldiring, menga ham qoldiring, deb aytar edim». 575/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maymuna roziyallohu anhoning menga xabar berishlaricha, u onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir idishda g‘usl qilardilar», deb aytdilar. 576/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymuna roziyallohu anhodan ortib qolgan suv ila g‘usl qilardilar. 577/10. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lib qolishganida bir idishda g‘usl qilishar edi. 578/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam besh mud o‘lchovli idishda g‘usl qilib, bir mud o‘lchovli idishda tahorat qilardilar. 579/12. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mud o‘lchovidagi suvda tahorat qilib, bir so’, ya’ni besh mudgacha bo‘lgan suvda g‘usl qilardilar. Safiyna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lsalar bir so’ suv bilan g‘usl qilib bir mud suv bilan tahorat olardilar. 580/13. Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir so’ suvda g‘usl qilib, bir mud suvda tahorat qilardilar», deb aytdilar. Ibn Hujrning rivoyatlarida «bir mud suv u zotni pok qilar edi» bo‘lib kelgan. Roviylardan biri Abu Rayhona: «Ushbu hadisni eshitgan shaxs Safiynaning yoshi ulg‘ayib qolgani uchun u aytgan hadislarga ishonmayman», deb aytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling