Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
132
595/2. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Oisha roziyallohu
anhodan «Hayz ko‘rgan ayol namozini qazo qiladimi?» deb so‘raganida, Oisha
roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan? Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning
xotinlari agar hayz ko‘radigan bo‘lsa, ularni qazo qilishga buyurardilar».
596/3. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anhoga
«Nima uchun hayz ko‘rgan ayol ro‘zasini qazo qiladi-yu, namozni qazo qilmaydi?»
desam, Oisha roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan?» dedilar. Men: «Haruriylik
emasman, lekin bu haqda so‘ramoqdaman, xolos», dedim.
Shunda Oisha roziyallohu
anho: «Bizda bu narsa sodir bo‘lsa, ro‘zaning qazosini tutishga buyurilib, namozning
qazosini o‘qishga buyurilmas edik», dedilar».
16-bob G’usl qiluvchi kishi (avratini) kiyim va shunga o‘xshash narsalar bilan
to‘sishi haqida
597/1.
Ummu Xone’
binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.
Bu
sahobiya
ayol:
«Rasululloh
sollallohu
alayhi
vasallam huzurlariga
fath
yili
borsam,
u
zot
g‘usl
qilayotgan
ekanlar,
qizlari Fotima esa kiyim bilan to‘sib turgan ekanlar», leb aytdilar.
598/2. Ummu Xone’ binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya
ayol fath yili Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borsalar, u zot Makkaning
yuqori qismida ekanlar. G’usl qilish uchun turganlarida qizlari Fotima to‘sib turdilar.
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini olib unga o‘randilar-da, so‘ngra
nafl namozi bo‘lgan zuhoni sakkiz rakat o‘qidilar.
Said ibn Abu Hind roziyallohu anhudan mana shu yuqoridagi sanad bilan rivoyat qilinib,
hadisning
davomida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘usl qilganlarida
qizlari Fotima roziyallohu anho kiyim bilan to‘sib turardilar. G’usl qilib bo‘lib kiyimga
o‘randilar-da, so‘ngra sakkiz sajdali zuho namozi o‘qidilar.
599/3. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallamga suv quyib to‘sib turdim. U zot esa g‘usl qildilar», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: