Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
140 yuzing va kaftingga surtishing kifoya qiladi», dedilar», deb aytdilar. Umar roziyallohu anhu: «Ey Ammor, Allohdan qo‘rqqin», degandilar, Ammor roziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, uni gapirmayman», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat Umar roziyallohu anhuning «Sen ega bo‘lgan narsani amalga oshiramiz», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan. 642/6. Ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kiish Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qoldim-da, suv topa olmadim...», deb yuqoridagi hadisda kelganidek aytib, uning davomida Ammor roziyallohu anhuning «Ey mo‘minlar amiri, agar xohlasangiz, (ilmni yashirish sirasiga kirib qolmasam, Alloh sizga bo‘ysunishimni menga vojib qilgani uchun) mening ustimda Alloh buyurgan o‘sha haqqingizni (ado etib) uni biror kishiga gapirmayman», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan. 643/7. Ibn Abbos roziyallohu anhuning qullari Umayr roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Maymuna roziyallohu anhoning qullari Abdurahmon ibn Yasar roziyallohu anhu bilan uchrashib qolib, Abuljahm ibn Horis ibn Simma Ansoriy huzurlariga kirdik. Abuljahm roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib qoldim. U zot Jamal nomli quduq oldidan kelayotganlarida bir kishi yo‘liqib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa salomga alik olmadilar-da, devor tomonga yuzlanib, (undagi g‘ubordan) yuzlari va ikki qo‘llariga surtib, so‘ngra salomiga alik oldilar», deb aytdilar». 644/8. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotning oldilaridan o‘tayotib salom berdi. Lekin u zot alik olmadilar. 29-bob Mo‘min kishi najas bo‘lmasligiga dalil haqida 645/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ko‘rishib qoldilar. Asta-sekin tisarilib ketdilar-da, g‘usl qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa Abu Hurayra roziyallohu anhuni yo‘qotib qo‘ydilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu qaytib kelganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Abu Hurayra: «Ey Allohning rasuli, siz men bilan uchrashganingizda men junub edim. To yuvinib kelmaguncha siz bilan birga o‘tirishni o‘zimga ep ko‘rmadim», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi)! Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. 646/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqib qoldilar. Bu zot asta-sekin tisarilib (ketdilar-da), g‘usl qildilar. So‘ngra qaytib kelib: «Men junub edim», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling