Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 631/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning xizmatkorlariga sadaqa tariqasida berilgan, (so‘ngra o‘lib qolib) tashlandiq bo‘lib qolgan qo‘y oldidan o‘tayotib: «Uning terisini olib, oshlab foydalanishmaydimi?» dedilar. 632/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlaridan ba’zisining uy hayvoni (qo‘yi) o‘lib qolganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning terisini olib foydalanmaysizlarmi?» dedilar. 633/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning qulining (o‘lgan) qo‘yi oldidan o‘tayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» dedilar. 634/6. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar teri oshlansa, u pokdir», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 635/7. Abulxayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ibn Va’la as-Sabaiyda mo‘yna ko‘rib qolib, uni ushlab ko‘rdim. Ibn Va’la: «Nimaga ushlayapsan?» dedilar. Men Ibn Abbosdan bu haqda so‘rab: «Biz Mag‘rib (Marokash)da ekanimizda, biz bilan birga barbar va majusiylar bor edi. Ular qo‘chqor keltirib, uni so‘yishar edi. Biz esa ular so‘ygan narsani yemas edik. Va yana yog‘ solingan idishlarni olib kelishar edi», desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu (teridan ishlangan idish) haqida so‘rasak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni oshlashlik ila pok bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar». 636/8. Ibn Va’la as-Sabaiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan «Biz Mag‘ribdalik paytimizda majusiylar suv va yog‘ solingan (teridan ishlangan) idish olib kelishar edi», deb so‘rasam, u zot: «Ichavergin», dedilar. Men: «Bu haqda biror fikr bilasizmi?» desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Oshlashlik bilan (teri) pokdir», deganlarini eshitganman», dedilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling