Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 47-bob Insonning o‘z joniga suikasd kilishi ulkan haromlardan ekani haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat Jarir roziyallohu anhuning rivoyatlarida «Kishi boshqa bir kishi bilan baholashsa» jumlasi ziyoda bo‘lgan. 238/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. (Roviy: «Bu hadisni marfu’ deb bilaman», dedilar.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo ularga so‘zlashmaydi, qaramaydi hamda ular uchun alamli azob bordir. (Ulardan biri) bir kishi asr namozidan keyin bir musulmon kishining moli ustida qasam ichadi-da, keyin o‘sha qasamini buzadi», deb yuqoridagi hadis davom ettirilgan. 47-bob Insonning o‘z joniga suikasd kilishi ulkan haromlardan ekani haqida 239/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim joniga qasd qilib o‘tkir tig‘li narsa bilan o‘zini o‘ldirsa, jahannam olovida qorniga o‘sha o‘tkir tig‘ni ushlab abadul-abad sanchaveradi. Kim zahar ichib o‘z joniga qasd qilsa, jahannam olovida abadul-abad o‘sha zaharni yutadi. Kim tog‘dan o‘zini tashlab o‘z joniga qasd qilsa, jahannam oloviga abadul-abad o‘zini uloqtiradi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 240/2. Abu Qiloba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sobit ibn Zahhok Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga daraxt ostida bay’at qilganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomdan boshqa millat nomi bilan yolg‘ondan qasam ichsa ham aytganidek bo‘ladi. Kim biror narsa bilan o‘z joniga qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsasi bilan azoblanadi. Kishi mulki bo‘lmagan narsasida nazr qilishga majbur emas», dedilar. 241/3. Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ega bo‘lmagan narsasida nazr qilishga majbur emas. Mo‘minni la’natlab so‘kish uni o‘ldirish kabidir. Kim o‘z joniga biror narsa bilan qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azoblanadi. Kim (o‘zida yo‘q narsa bilan) ko‘p ko‘rsatish maqsadida yolg‘on da’vo qilsa, Alloh taolo unga faqat yo‘qchilikni ziyoda qiladi. Kim fujur qasam ichsa ham, ana shundaydir», dedilar. 242/4. Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qasddan, yolg‘ondakam Islomdan boshqa millat nomi bilan qasam ichsa, aytgani kabi bo‘ladi. Kim o‘z joniga biror narsa bilan qasd qilsa, Alloh taolo jahannam olovi bilan azoblaydi», dedilar. Bu Sufyon roziyallohu anhudan qilingan rivoyatdir. Ammo Sho‘‘baning rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomdan boshqa millat nomi bilan yolg‘ondan qasam ichsa ham aytgani kabidir. Kim o‘z joniga qasd qilib biror narsa bilan qurbon qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan qurbon qilinadi», deganlar. 243/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Hunayn g‘azotida ekanimizda u zot Islomdaligini da’vo qiluvchi bir kishini «Bu do‘zax ahlidandir», dedilar. Urushda bo‘lganimizda o‘sha kishi qattiq urushib jonbozlik ko‘rsatdi va jarohatlandi. Ba’zilar: «Ey Allohning rasuli! Siz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling